Ukraina xorijga ketadigan qochqinlarning yangi to‘lqinini kutmoqda

Ukraina xorijga ketadigan qochqinlarning yangi to‘lqinini kutmoqda

Ukraina Milliy bankining yangi tadqiqoti qochqinlarning yangi to‘lqini haqida ogohlantirmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil taxminan 400 ming, 2025 yilda esa yana 300 ming ukrainalik o‘z mamlakatini tark etishi mumkin.

Tadqiqotda aytilishicha, bu energiya infratuzilmasining vayron bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu «uzoq vaqt elektr uzilishlari va isitish mavsumi uchun xavflarni oshiradi».

Ukrainaning ko‘plab viloyatlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar allaqachon kundalik hodisaga aylangan. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan, ayni paytda energetika infratuzilmasi uchun eng og‘ir davr – qish hali oldinda.

Rossiya raketalari tomonidan vayron qilingan ob’ektlarni tiklash katta mablag‘ va uzoq vaqt talab qiladi. Shu bilan birga, yangi hujumlar mumkin, chunki Ukraina hali zarur havo mudofaasiga ega emas.

BMT Qochqinlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6,3 million ukrainalik Rossiya tajovuzidan qutulish uchun allaqachon Yevropaning boshqa davlatlariga qochib ketgan. Ularning deyarli har oltitasi – 1,18 millionga yaqin kishi Germaniyadan boshpana topgan.

Mutaxassislar Ukrainada qancha odam qolganini aniq ayta olmaydi. Mamlakatda oxirgi aholini ro‘yxatga olish 2001 yilda o‘tkazilgan, keyin Ukrainada 48 million kishi yashagan. 2022 yil fevral oyida, Rossiya bosqinidan oldin, ekspertlar Ukrainada 41 million kishi yashaganini taxmin qilishdi.

Hozirda Ukraina aholisi 28-34 million kishini tashkil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!