Ukraina va Falastindagi mojarolar yuzasidan tinchlik tashabbuslarini faollashtirish zarur,- Erdog‘an

Ukraina va Falastindagi mojarolar yuzasidan tinchlik tashabbuslarini faollashtirish zarur,- Erdog‘an

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Vashingtondagi NATO sammiti doirasida Gresiya Bosh vaziri Kiriakos Misotakis bilan uchrashdi. Bu haqda Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi xabar berdi.

Uchrashuvda Turkiya va Gresiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, dolzarb mintaqaviy va global muammolar muhokama qilindi.

✍️ Erdog‘an Turkiyaning Gresiya bilan yaxshi qo‘shnichilik asosidagi birdamlik ruhini rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarini davom ettirayotganini va bu sa’y-harakatlar yanada kuchaytirilishini ta’kidladi.

Turkiya rahbari, shuningdek, Ukraina va Falastindagi mojarolar yuzasidan tinchlik tashabbuslarini faollashtirish zarurligini qayd etdi. Uning fikricha, mintaqadagi barcha davlatlar bu hududlarda tinchlik o‘rnatish uchun harakat qilishlari kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!