Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlari YEXHT sammitini boykot qilmoqda

Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlari YEXHT sammitini boykot qilmoqda

Ukraina va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Rossiya Federasiyasi tufayli YEXHT sammitini boykot qilmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Shimoliy Makedoniyada 30 noyabrdan 1 dekabrgacha bo‘lib o‘tadigan ishyig‘ilishda ishtirok etishi kerak, shuning uchun Ukraina, Latviya, Litva va Estoniya tashqi ishlar vazirlari qatnashishdan bosh tortdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya delegasiyasining sammitdagi ishtiroki “Rossiya kabi tajovuzkorni bizning erkin davlatlar hamjamiyatimizning qonuniy a’zosi sifatida legitimlashtirish” hamda “Rossiya sodir etayotgan shafqatsiz jinoyatlarni kamaytirib qo‘yish xavfini tug‘diradi”.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Oleg Nikolenko Rossiyani “EXHTni doimiy ravishda yo‘q qilishda” aybladi va “Rossiya 500 kundan ortiq qamoqda qolayotgan uch ukrainalikni – YEXHT vakillarini noqonuniy hibsga olganini” eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!