Ukraina Qurolli Kuchlari F-16 ning eskirgan versiyalari Rossiyaning Su-35 samolyotlariga bardosh bera olmasligini aytdi

Ukraina Qurolli Kuchlari F-16 ning eskirgan versiyalari Rossiyaning Su-35 samolyotlariga bardosh bera olmasligini aytdi

Ukraina Qurolli Kuchlari Harbiy-havo kuchlarining rasmiy vakili Yuriy Ignat amerikaning F-16 qiruvchilarining eskirgan modifikasiyalari Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyotlariga samarali qarshilik ko‘rsatishga va ukrainalik harbiylarga havoda ustunlikni ta’minlashga qodir emasligini aytdi. Bu haqda "TASS" xabar bermoqda.

Yuriy Ignat "Rada" telekanalida so‘zlagan nutqida Ukraina Qurolli kuchlarining havoda ustunligiga erishish uchun Rossiyaning Su-30, Su-34 va Su-35 samolyotlaridan kam bo‘lmagan taktik va texnik ko‘rsatkichlarga ega samolyotlar borligini ta’kidladi.

Shu sababli u Ukraina Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarining zamonaviyroq modifikasiyalarini olishni xohlashini aytdi.

Ukraina tomoni uzoq vaqtdan beri o‘zining G‘arbiy ittifoqchilaridan F-16 samolyotlarini yetkazib berishni so‘rab keladi, biroq G‘arb haligacha bu qachon amalga oshishi haqida aniq vaqtni aytmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!