O‘g‘ri begona emas ekan

O‘g‘ri begona emas ekan

2022 yil 29 iyul kuni ertalab, soat taxminan 06:35 larda G‘uzor tumanidagi «Ishchilar shaharchasi»da yotoqxonada yashab kelgan Navoiy viloyati Karmana tumanida yashovchi I.F. qo‘l telefonini qo‘ygan joyidan topolmadi. Bu kamlik qilgandek cho‘ntagini kovlab 1 million 700 ming so‘m puli ham yo‘qolgandi. Holat yuzasidan G‘uzor tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida “VIVO-2027" rusumli telefon apparati va yo‘qolgan pullarni jabrlanuvchi yashagan hududdagi yotoqxonada yashovchi ishchi, Qarshi tumanilik M.X. dan telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!