Uchayotgan mushuk GIF’i 587 ming dollarga sotildi

A A A
Uchayotgan mushuk GIF’i 587 ming dollarga sotildi

 

2021 yilning aprelida kamalakli uchayotgan mushukning GIF’i paydo bo‘lganiga 10 yil to‘ladi. O‘tgan davrning eng mashhur internet-memlaridan birining yubileyini nishonlash maqsadida ushbu GIF’ni yaratgan Kris Torres uning yangilangan versiyasini Crypto Art auksioniga qo‘ydi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

 Gfycat kriptovalyuta platformasida 300 efirga sotilgan. Ayni vaqtdagi kurs bo‘yicha bu, taxminan, 587 ming dollarga teng.

 

Torres Nyan Cat’ga qator o‘zgartirishlar kiritgan, xususan, GIF kattalashgan va uning foni o‘zgargan. Shuningdek, u uzoq yillar davomida o‘zini qiynab kelgan detallarni to‘g‘rilagan. Masalan, 12 kadrli animasiyada yulduzlardan biri goh paydo bo‘lgan, gohida yo‘qolib qolgan. Avvaliga rassom buni o‘ylamagan, shu sababli yangilangan versiyada u o‘zining jig‘iga tegadigan ushbu elementni butunlay olib tashlashga qaror qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!