“U tug‘ilmasligi ham mumkin edi”. O‘zidan 15 yosh kichik muxlisiga uylangan, giyohvandlik tufayli qamalgan turk xonandasi Tarkan hozir qanday yashaydi?

A A A
“U tug‘ilmasligi ham mumkin edi”. O‘zidan 15 yosh kichik muxlisiga uylangan, giyohvandlik tufayli qamalgan turk xonandasi Tarkan hozir qanday yashaydi?

Turkiyaning sevimli qo‘shiqchisi Tarkan bir paytlar zallarni energiya bilan to‘ldirgan ajoyib iste’dodi bilan mashhur edi. Mashhur xonanda 2000 yillarda butun dunyo bo‘ylab stadionlarni to‘ldirib, barcha mamlakatlarning musiqiy jadvallarida yetakchilik qilgan.

Hozir qo‘shiqchi kamtarona Turkiya gastrollarida bo‘lib, imkoniyatlariga qaramay jahon sahnasini zabt etishga urinishdan voz kechganga o‘xshaydi. Uning karyerasi qanday boshlangan va ancha vaqtgacha ko‘rinmay qolganiga nima sabab bo‘lgan?

U tug‘ilmasligi ham mumkin edi

1972 yil 17 oktyabrda Germaniyaning Alsay shahrida Tevetog‘lular oilasida o‘g‘il chaqaloq tug‘iladi. Uning ota-onasi Ali va Neshe unga 60 yillarda Turkiyada mashhur bo‘lgan kitob qahramoni sharafiga Tarkan ismini beradi. Uning ikkinchi ismi Husamettin bo‘lib, “o‘tkir qilich” degan ma’noni anglatadi, chunki uning bobosi rus-turk urushi qahramoni bo‘lgan. Bo‘lajak xonanda tug‘ilmasligi ham mumkin edi. Homiladorlik paytida onasi baxtsiz hodisaga uchraydi va komaga tushib qoladi. Shifokorlar homilani olib tashlamoqchi bo‘lishadi, er-xotinni bunga zo‘rg‘a ko‘ndirishadi. Lekin bir kun oldin ikkalasi ham tushida bolani saqlab qolishga undagan qariyani ko‘radi.

Shunday qilib, tug‘uruqxonada baland ovozda chinqirgan holda o‘g‘il chaqaloq tug‘iladi va doya uning qo‘shiqchi bo‘lishini bashorat qiladi. Aytgancha, Tarkanning ona tomondan ajdodlari xalq musiqachilari bo‘lgan. Kelib chiqishi turk bo‘lgan ota-onasi iqtisodiy inqiroz paytida Germaniyaga ko‘chib ketishgandi, ammo 1986 yilda oila vatanga qaytib keladi. Otasi va akalari ish topishadi, kichik Tarkan esa o‘qishni davom ettiradi. Bola nafaqat oddiy maktabga, balki musiqa maktabiga ham boradi. Tarkan Maktabni tugatgach, Istanbuldagi musiqa akademiyasiga o‘qishga kiradi. O‘sha paytdayoq u taniqli xonanda bo‘lib, to‘ylarga chiqib yurgan. 1995 yilda oila boshiga musibat tushadi — otasi yurak xurujidan vafot etadi.

Onasi ko‘p o‘tmay yana turmushga chiqadi. O‘sha yili Tarkanni armiyaga chaqirish bilan tahdid qilishadi, u esa borishni xohlamasdi. Uning bobosi rus-turk urushi qahramoni bo‘lganiga qaramay, Tarkanning o‘zini pasifist deb bilar, harbiy xizmat u uchun emas edi. Uch yillik muhlat olgandan keyin u Turkiyani tark etadi. Keyinchalik mamlakatda bor-yo‘g‘i 28 kun xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonun qabul qilinganida, xonanda vatan oldidagi burchini o‘tashga qaror qiladi.

Musiqiy karyerasi

Tarkan tez-tez Germaniyaga kelib-ketib yurardi. Tashriflarining birida Istanbul Plak leybli direktori Mehmet Soyutoulu bilan tanishadi. U Tarkanda istiqbolli, iste’dodli va xarizmatik yigitni ko‘radi va unga “Yine sensiz” albomini chiqarishga yordam beradi. Birinchi diskning muvaffaqiyati 1994 yilda “Aacayipsin” deb nomlangan ikkinchi albomning chiqishiga olib keladi.

Aynan shu albom bilan Tarkan o‘zining birinchi xorijiy gastrol safariga chiqadi va Yevropada 85 ta konsert beradi. Dastlab uning yevropalik auditoriyasi asosan muhojir oilalardan bo‘lgan turk o‘smirlaridan iborat bo‘lsa-da, tez orada musiqasi ommalashadi va yevropaliklar ham uning muxlisiga aylanadi.

2001 yilda chiqarilgan navbatdagi “Karma” albomi ham omadli chiqadi. U butun Yevropa bo‘ylab 1 million nusxada sotiladi. Albomda “Kuzu-Kuzu” va “Hüp” kabi mashhur qo‘shiqlar o‘rin olgan. Tarkan nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda, Osiyo, Yevropa va Meksikadagi fan-klublarning mutlaq yulduziga aylanadi. 2002 yilda Turkiyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida Tarkan futbol madhiyasini yozadi.

2000 yillarning birinchi yarmida u faol ijod qilishni davom ettiradi. 2003 yilda qo‘shiqchi o‘zining HITT Music leyblida “Dudu” mini-albomini chiqaradi. Keyingi ikkita “Metamorfoz” va “Adımı Kalbine Yaz” albomlari ham juda mashhur bo‘ladi. Tarkan so‘nggi albomi uchun to‘rt nominasiyada Turkey Music Awards mukofotini qo‘lga kiritadi.

Giyohvandlik va mashhurlikdan tushish

Tarkan turk bastakori Sezen Aksu bilan hamkorlik qilishni boshlaydi va ingliz tilidagi birinchi albomini yozish uchun Nyu-Yorkka ketadi. U turk-amerikalik biznesmen va Atlantic Records leybli asoschisi Ahmet Ertegun bilan ishlay boshlaydi. Biroq Tarkan ingliz tilidagi albomini faqat 2006 yilda, Ertegun vafot etganidan keyin chiqaradi. Bu albom muvaffaqiyatli bo‘lmaydi. Turkiyada atigi 110 ming nusxada sotiladi xolos.

2007 yilda Tarkan turk tilida “Metamorfoz” nomli albomini chiqaradi, lekin u ham muvaffaqiyatga erishmaydi — birinchi haftalarda Turkiyada atigi 300 ming nusxada sotiladi. 2010 yil fevral oyida Tarkan, shuningdek, turk shou-biznesining yana bir qancha vakillari giyohvandlikka qarshi operasiya doirasida hibsga olinadi — qo‘shiqchi do‘stining villasida bo‘lganida, polisiya o‘sha yerdagilar noqonuniy moddalar iste’mol qilayotganini da’vo qilib bostirib kirgan.

Keyinchalik Tarkanning uyidan ham narkotik moddalar topilgan. Turkiya OAVlarining xabar berishicha, Tarkan vaqti-vaqti bilan giyohvand moddalarni iste’mol qilganini tan olgan va reabilitasiya kursidan o‘tishga rozi bo‘lgan. 2017 yildan Tarkan yangi musiqalar yozishni vaqtincha to‘xtatadi, ammo eski xitlari bilan sahnada chiqishda davom etaveradi. 2022 yildan beri Tarkan butun Turkiya bo‘ylab gastrol konsertlarida qatnashmoqda. Shuningdek, u bir nechta yangi — “Geccek” va “Yap bi guzellik” qo‘shiqlarini ham chiqardi.

Xonandaning shaxsiy hayoti

Xonanda doim turmush qurishga qarshi bo‘lgan, u erkin yashashni va nikoh majburiyatlaridan xalos bo‘lishni afzal ko‘rardi.

Shu sababdan ham u ancha vaqtgacha Bilge O‘zturk yaqin munosabatlarda bo‘lsa-da, unga uylanmaydi. Qiz advokat bo‘lib ishlagan, bo‘sh vaqtlarida rok guruhida qo‘shiq kuylagan. 2008 yilda juftlik ajralishadi. 2011 yilda 39 yoshli Tarkan o‘zining sodiq muxlisi, o‘sha paytda 24 yoshda bo‘lgan Pinar Delek bilan tanishadi.

Ular 2016 yilda turmush qurishadi va ikki yildan so‘ng ularning qizi Liya tug‘iladi. Tarkan oilaviy fotosuratlarni tez-tez baham ko‘rmaydi, shuningdek, xotiniga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni taqiqlaydi. Xonanda hech qachon qizining yuzini ko‘rsatmagan. Ular Istanbuldagi hashamatli villada yashashi ma’lum, xolos.

Tarkan hozirda

Tarkan bo‘sh vaqtlarida sport bilan shug‘ullanish va proteinli diyetaga rioya qilish orqali sog‘lig‘ini nazorat qilib boradi. Musiqadan tashqari, uning bir nechta biznesi bor: u erkaklar va ayollar uchun parfyumeriya hamda bayramona liboslar ishlab chiqaradi.

Ma’lumki, 2023 yil fevralda Turkiyada bir qator vayronkor zilzilalar sodir bo‘ldi. Tarkan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatgan aktyor Haluk Levent fondiga 1 million lira o‘tkazadi. Ushbu saxovatli hissa eng muhimlaridan biriga aylanadi. Tarkan muhtojlarga birinchi marta yordam berayotgani yo‘q. 90 yillarda Izmirdagi zilziladan keyin jabrlanganlarga yordam berish uchun 16 ming dollar xayriya qilgan.

Bundan tashqari, Tarkan ekofaollariga qo‘shilgan va atrof-muhit holatidan chuqur tashvishda ekanini aytadi. U Akbelendagi o‘rmonlarning kesilishiga faol qarshilik ko‘rsatgan — u zaytunzorlarni saqlab qolish tarafdori. Ammo ba’zi turklar uning ekologiya sohasidagi faoliyatini shunchaki piar, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

“Agar mening qo‘limda bo‘lsa, men neftni olib qo‘yar edim. Lekin AQSh xalqi buni tushunmaydi deb o‘ylayman,” — Tramp

Эрон халқи қурол олса, қаршилик кўрсатади. Агар уларда қурол бўлса, Эрон жуда тез таслим бўлар эди.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Zo'r TV telekanali 7-aprel kuni Chempionlar ligasining qaysi o‘yinini jonli translyasiya qiladi?

Европа чемпионлар лигасининг чорак финал босқичи доирасида бўлиб ўтадиган ўйин Zo'r TV телеканали орқали жонли трансляция қилинади.

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Президент Шавкат Мирзиёев 6 апрел куни иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартириш ва хусусийлаштириш жараёнларини жадаллаштиришга доир таклифлар тақдимоти билан танишди.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.

Eron hukumati ikki namoyishchini qatl qildi

Диний суд талқинига кўра, улар оммавий қотилликларни режалаштирган.

Jizzaxda ayanchli YTH: 5 kishi halok bo‘ldi

ЙТҲ оқибатида ҳар икки машина ҳайдовчиси, шунингдек, Nexia машинасида йўловчи сифатида кетаётган Хитой давлатининг 54 ёшли фуқароси воқеа жойида ҳалок бўлган.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming AQSh dollar pora qo‘lga olindi

И.Б. Исманов 2022–2025 йилларда Андижон вилояти ИИБ бошлиғининг ўринбосари – Жамоат хавфсизлиги хизмати бошлиғи лавозимини ишлаган.

Bushehr AESga yana zarba berildi

Бу можаро бошланганидан буён тўртинчиси

Qosim Sulaymoniy qarindoshlari AQShda qo‘lga olindi

АҚШда 2020 йилда ҳалок бўлган генерал Қосим Сулаймонийнинг қариндошлари — жияни ва унинг қизи ҳибсга олингани хабар қилинди.

AQSh Eron bilan urushda 13 harbiy xizmatchidan ayrilgan, 365 nafari esa yaralangan

Пентагон маълумотига кўра, Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда энг кўп талафотни қуруқлик қўшинлари берган.

Germaniyadagi qonun o‘zgarishi Ukrainacha safarbarlikka olib kelishi mumkin

Германияда ҳарбий хизматга оид қонунга киритилган ўзгаришлар жамиятда баҳс-мунозараларга сабаб бўлмоқда.

Donald Tramp Eronga 48 soat berdi: “shundan so‘ng do‘zaxni ochamiz”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга Яқин Шарқ келишуви бўйича АҚШ шартларини қабул қилиш учун 48 соат муддат берганини маълум қилди.

Venada Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshi miting o‘tdi

Намойишда бир неча юз киши иштирок этган.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.