"U mening nomusimga tekkan": Mayk Taysonni yana sudga berishdi

"U mening nomusimga tekkan": Mayk Taysonni yana sudga berishdi

AQShda ayol boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Taysonni jinsiy zo‘ravonlikda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda ABC telekanali xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ayol sudga 5 million dollar miqdorida da’vo arizasi bilan murojaat qilgan va bokschini zo‘ravonlik xarakteridagi xatti-harakatlarda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tayson unga 1990 yillar boshida Nyu-Yorkning Olbani shahrida uning nomusiga tekkan.

Ma’lumot uchun, 1992 yilda Tayson Indianapolisda go‘zallik tanlovi ishtirokchisi Dezir Vashingtonni zo‘rlaganlikda ayblanib, olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingandi, keyinchalik bu muddat yarmiga qisqartirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!