O‘zbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab to‘y-marosimlarda ikkitadan ortiq xonanda (musiqiy guruh)ning ishtirok etishi mumkin emas, biroq bu borada san’atkorlarning ham fikrini eshitish, ularni ham rozi qilish maqsadga muvofiq. Bu fikr senator Iqbol Mirzo tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
To‘y marosimlariga ko‘pi bilan ikki xonandaning kelishi bilan bog‘liq cheklov masalasida qo‘shiqchilarning ham fikrini eshitib, ularning roziligini ham olish kerak — balki ulardan ham jo‘yali taklif chiqib qolar?! Masalan, xonanda har bir borgan to‘yidan soliq to‘lasin, degan masalalar ko‘tarilyapti.
San’atkorning darajasiga qarab, to‘lov kategoriyasi — davlatga to‘laydigan boji bor. Eng mashhur qo‘shiqchilar ham juda katta pul to‘lamaydi aslida. Havaskorlar uchungina imtiyozlar bor. Xalq artisti «O‘zbekkonsert»ga bir yilda 22 million so‘m atrofida to‘lov qilishi kerak. Shu pulni ba’zi xonandalar yarimta to‘yda topadi. Lekin shuncha pul topsa ham, bojni to‘lagisi kelmaydi.
Ozodbek Nazarbekov ham shu pulni to‘laydi, Farg‘onada ijod qiladigan xalq artisti ham shuncha to‘laydi. Unvonlar bir xil bo‘lgani bilan to‘yga borish haqi har xil. Farg‘onadagi qo‘shiqchi bitta to‘yga 100 dollarga boradi — shuning uchun u pulni to‘lamay, «O‘zbekkonsert»dan qochib yuraveradi.
Men bir paytlar yillik to‘lov qiymatini pasaytirib, arzon qilishni taklif qilgan edim. Lekin bu narsa amalga oshmadi.
2019 yil oktyabri boshida O‘zbekiston Senati To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risidagi nizomni e’lon qilgan edi. Nizom talablarini buzgan to‘y egalari bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari (1 noyabr holatiga ko‘ra — 2,23 million so‘m), to‘yxona egalari esa 30 baravari (6,69 million so‘m) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq senator Iqbol Mirzo dabdabali to‘y qilayotganlarni xalq oldida sharmanda qilishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.
Россия президенти Владимир Путин АҚШга разведка соҳасида “келишув” таклиф қилди. Унга кўра, Москва Эронга разведка маълумотларини узатишни тўхтатиши эвазига Вашингтондан Украинага разведка ёрдамини тўхтатиш талаб қилинган.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.