To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi (foto)

To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi (foto)

«Times of India» yozishicha, Hindistonda to‘rt kishi selfimaniya qurboni bo‘ldi.
Polisiya xabariga ko‘ra, voqea  7 oktyabr kuni Tamilnad shtatidagi to‘g‘on yonida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, kelin-kuyov — Nivedita va Praxba hamda ularning qarindoshlari — Kanita, Snexa, Uvarani va Santosh to‘g‘onning yonginasida birga selfi-suratga tushmoqchi bo‘lgan. Nimadir bo‘lib, kuyovdan boshqa hammasi suvga yiqilib ketgan. Praxbu suvga sakrab kelinchakni qutqarib qolgan, qolgan to‘rt kishi cho‘kib ketgan.

Keyinchalik jasadlar topilib, o‘likxonaga yuborilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!