To‘yda raqqosa kerakmi?

To‘yda raqqosa kerakmi?

Viloyat hokimligida madaniyat xodimlari va san’at ahli bilan bo‘lgan uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov shu savolni o‘rtaga tashladi.

- Raqqosa sahnada o‘ynasa, istagan mehmon uning san’atiga qarab pul berib ketsa, boshqa gap, - dedi u.  Ammo bizning to‘ylarda raqqosa o‘z iqtidorini namoyish etish o‘rniga stol oralab yurib, pul yig‘adi. Behayo liboslari va qiliqlari bilan o‘tirganlarda san’atkor haqida salbiy fikr o‘yg‘atadi. Ayrim to‘ylarni raqqosasiz o‘tkazib ko‘rsak nima deysizlar?

Zalda o‘tirgan xonanda va sozandalar bu taklifni olqishladi. Qani kutamiz, kim bu an’anani birinchi bo‘lib boshlar ekan?

Manba: zarnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!