Tuya suti qaysi kasalliklarga davo?

Tuya suti qaysi kasalliklarga davo?

Tuya suti tarkibida aminokislotalar, ko‘p miqdorda temir moddasi tutganligi sababli juda foydali sanaladi.

Yuqoridagi tarkibiy tuzilmalar bilan kamqonlikda juda yaxshi samara beradi. Sut tarkibidagi fosfor va kalsiy esa regenerasiya jarayonini tezlashtiradi, suyaklarga qattiqlik bag‘ishlaydi. Shuningdek, sut tarkibida S, D, V guruh vitaminlari, natriy va kaliy tuzlari tutadi.

Tuya sutining kaloriyasi yuqori emas. Onkologik kasalliklar va leykemiya kasalligida tuya sutining foydasi aniqlangan. Ushbu sutdan sil, yaralar, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarida, oshqozon osti bezi, jigar kasalliklarida samarali foydalaniladi.

Bizda tuya sutini ko‘pincha gepatit va jigar sirroziga buyurishadi. Bu sut jigardagi yallig‘lanishni kamaytiradi. Sut tarkibidagi moddalar gepatit virusi DNKsi replikasiyasini bloklaydi. Bemor immunitetini kuchaytiradi. Bu sut V virusli gepatit bilan og‘riganlarga tavsiya etiladi.

Gepatit kasalligidan tashqari sutni qandli diabetda, teri kasalliklarida qo‘llash mumkin. Aynan teri elastikligi yaxshilaganligi sababli kosmetologiyada ham faol qo‘llaniladi.

Ammo zarari ham bor...

Tuya suti o‘zlashtirishning buzilishlarida zarar qilish mumkin. Masalan, ushbu sutga nisbatan allergiya bo‘lishi. Shuningdek, sut o‘z tarkibida laktoza tutadi. Bu parchalanish jarayonida glyukoza va galaktozaga aylanadi. Bu moddaning o‘zlashtirilishi yaxshi emas. Natijada bo‘g‘imlar, teri osti yog‘ qavatida yig‘ilib, sellyulitni rivojlantiradi. Agar organizm kozeinni o‘zlashtira olmasa, bunday sutni ko‘p ichish orqali organizmdan kalsiy chiqib ketadi. Bu esa suyaklarni sinuvchan bo‘lib qolishiga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!