Bosh aylanishi charchoq va behuzurlikning to‘satdan paydo bo‘luvchi alomati bo‘lib, bunday holatda inson muvozanatni yo‘qotadi, tevarak atrof tebranayotgandek tuyuladi. Ba’zi insonlarda bu kasallik ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kechadi.
Ushbu simptomlar 80 dan ortiq turdagi kasalliklarda uchraydi, jumladan: vestibulyar apparat, yurak-qon tomir tizimi, bosh miyada qon aylanishining buzilishi, umurtqa pog‘onasi to‘qimalarining shikastlanishi, kamqonlik va boshqalar bilan bog‘liqdir. Kasalliklarning ma’lum qismi salomatlik uchun jiddiy xavf solmaydi, ammo ular orasida og‘ir turdagi kasalliklar ham mavjud.
Keskin bosh aylanishi va ko‘ngil aynishning keng tarqalgan sabablari
Bo‘yin osteoxondrozi — kasallik bosh aylanishi, keskin harakat yoki tana holatini o‘zgartirgandan so‘ng qayt qilish kabi simptomlar bilan kechadi;
Labirintit — quloq ichki qavatining yallig‘lanishi. Kasallik bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi bilan birga eshitish qobiliyatining pasayishi va quloqdan yiring oqishi bilan tavsiflanadi;
Koxleovestibulyar sindrom — vestibulo-koxlear nervning vestibulyar qismi yallig‘lanishi. Bunda ham to‘satdan harakatlar qilganda bosh aylanishi paydo bo‘ladi. Kasallik 30 yoshdan oshgan ayol va erkaklarda birdek uchrashi mumkin. Uning boshqa nomi — vestibulyar nevrit;
Quloq ichki qismining yallig‘lanishi — Menyer kasalligi. Bunda endolimfa suyuqligi ko‘payib, ichki quloq bosimi oshadi, bosh aylanadi, qusish, eshitish qobiliyatini yo‘qotish va quloqlarda shovqin kabi belgilar namoyon bo‘ladi;
Bosh miya shikastlanishi;
Insult. Bu jiddiy kasallikda muvozanatni yo‘qotish bilan birga ko‘rish va nutq bilan muammolar yuzaga keladi, doimiy zaiflik va qusish bezovta qiladi;
Bazilyar migren. Mazkur surunkali nevrologik kasallik sanaladi (ayollarda kuchli bosh aylanishining sababi);
Dorilarning nojo‘ya ta’siri — dozani oshirib yuborish yoki organizmning individual qabul qila olmaslik sabablariga ko‘ra doridan so‘ng ko‘ngil aynishi;
Xolesterin darajasining oshishi, ateroskleroz, qon bosimi tushishi;
Hayz, menopauza va homiladorlik davri.
Ko‘ngil aynishi va bosh aylanishini bartaraf etish usullari:
ko‘ngil behuzur bo‘lgan payt gorizontal holatda bo‘lish, oz-ozdan mineral suv ichish, ovqatlanmaslik tavsiya etiladi;
agar ko‘ngil aynishi stress tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, unda bemor o‘tirib, dam olishi, ko‘zni yumib va kamida 2-3 daqiqa burundan chuqur nafas olishi, diqqatni nafas olishga qaratishi kerak;
ko‘ngil aynishdan tashqari, bosh aylanishi kuzatilsa, o‘tirish yoki yotish kerak. Keskin harakatlanmaslik muhim;
bemor xonasiga toza havo kirishini ta’minlash: derazani ochish, ventilyatorni yoqish orqali xonani shamollatish yordam beradi;
agar har safar ovqatdan keyin ko‘ngil aynishi kuzatilsa va bu bir necha kun davom etsa, kasallikni aniqlash va davolanishni boshlash uchun albatta shifokorga murojaat qilish zarur.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Россия Хавфсизлик кенгаши котиби ГФР канцлери Мерцнинг Германия Украинанинг Россия ҳудудига зарба бериш масофаси бўйича чекловларни бекор қилаётгани ҳақидаги сўзларига шундай изоҳ берди.
2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.
Шамолли об-ҳаво ва шамол энергетикаси орқали электр энергияси ишлаб чиқариш ҳажмининг ортиши туфайли Германияда электр энергияси нархи пасайиб, бир неча соат давомида нол даражадан пастда қола бошлади.
Москванинг дронлар ва баллистик ракеталар ишлаб чиқарилиши ортиб бораётгани фонида Россияга ҳавода қаршилик кўрсатиш Украина учун тобора қийинлашиб бормоқда
Жанубий Каролина штатидан АҚШ Конгресси сенатори Линдси Грэм қамоққа олиниши керак. Сабаби, у Украина Президенти Владимир Зеленский билан бирга АҚШни Россия билан урушга тортиб киритишни истамоқда.
АҚШ ва Хитой савдо бўйича келишувига эришолмаслиги мумкин. Доналд Трамп Си Жинпингни «жуда қаттиқ» ва келишувга бориши қийин етакчи деб атади. Бу айниқса камёб металллар экспортидаги баҳслар фонида содир бўлмоқда.
НАТО Европа мамлакатларини Россия хавфига жавобан қитъадаги ҳаво мудофааси имкониятларини беш баробар оширишга чақирди. Бу ҳақда Bloomberg агентлиги хабар берди.
Ўша пайтда у уч ёшда эди. Ҳодиса содир бўлган кечаси унинг ота-онаси дўстлари билан кечки овқатда бўлишган, қизалоқ эса меҳмонхона хоналарида уйқуда бўлган. Айни пайтда номаълум шахс уни олиб кетган.
Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.
Deutsche Bahn темирйўл компанияаи поездлар ҳаракатида чекловлар бўлишини эълон қилди. Бу кўплаб минтақавий темирйўл йўналишлари ҳамда халқаро рейсларга таъсир қилади.
Трамп қуролли кучлар захиралари тарихда кузатилмаган даражада тўлдирилаётганини маълум қилди. У бу орқали армияни дунёдаги энг кучли кучга айлантиришни мақсад қилганини таъкидлади.
«Disney» компанияси бутун дунё бўйлаб кино, телевидение ва молия бўлимларида фаолият юритаётган юзлаб ходимларни ишдан бўшатишини эълон қилди. Бу қарор компания харажатларини қисқартириш режасининг давомидир.