Turkmanistonda «to‘ng‘iz yili»ni kutib olish taqiqlandi

Turkmanistonda «to‘ng‘iz yili»ni kutib olish taqiqlandi

Turkmaniston hukumati kelayotgan 2019 yilni Xitoy taqvimiga ko‘ra «to‘ng‘iz yili» deb nomlashni taqiqladi, deya xabar bermoqda ansar.ru nashri.

Turkmanistonda nashr qilingan kalendarlarda uning tasviri tushirilmagan va to‘ng‘iz ko‘rinishidagi o‘yinchoqlar ham sotuvda mavjud emas.

Ushbu holatning rasmiy sabablari haqida aniq xabar berilmadi, lekin bu holatga to‘ng‘izning Islom dinida «harom qilinganligi» sabab bo‘lishi mumkin.

Xitoy an’analariga ko‘ra, vaqt 12 ta aylanaga bo‘linadi va har bir yil bir hayvonga mos keladi. Har bir yilni bir hayvonga bog‘lash g‘oyasini XX asrda Yevropa ommaviy madaniyati tomonidan soddalashtirilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!