Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegara punktlarini yopdi

Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegara punktlarini yopdi

31 yanvardan boshlab Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegaradosh “Shovot” va «Farap» o‘tkazish punktlarini yopdi. Qaror koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qabul qilindi. Bu haqda "repost.uz" xabar tarqatdi.

«Shovot» nazorat-o‘tkazish punkti kamida 14 fevralgacha yopiq. Lebap viloyati bojxona boshqarmasida "Chegara qachon ochiladi?" degan savolga qisqa javob berishdi: "Bu hali ham noma’lum".

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda chegara punktlarida sanitariya nazorati kuchaytirilgan, chegaradan faqat yuzlarida tibbiy niqob bilan o‘tish mumkin. Aks holda, odamlar qaytarib yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Xitoydan xat va jo‘natma olish koronavirus infeksiyasi xavfini tug‘dirmasligini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!