Turkiyaning Van mushugi haqida nimalarni bilasiz?

Mushuklarning eng go‘zali va o‘zgachasi Van mushugi bo‘lib, u asosan Turkiyaning sharqidagi Van Ko‘li havzasida yashaydigan zotdor mushuk turi hisoblanadi.
Eng muhim xususiyati - genetik o‘zgarishlarning natijasi bo‘lgan ikki xil ko‘z rangi, ya’ni, ko‘k-qahraboligidadir. Ba’zilarning ikkala ko‘zlari ko‘k, ba’zilarining ikkala ko‘zi ham sarg‘ish rangga ega. Uning tulki dumiga o‘xshash momiq dumi va oq, ipakdek yunglari bor. Qishda ularning yunglari ko‘paysa; yozda kamayadi. Van mushugi; boshqa mushuklarga qaraganda tozalikka ko‘proq e’tibor beradi. Ular qovun, tarvuz, hatto muzqaymoq kabi mevalarni ishqibozlik bilan yeydi va suvdan qo‘rqmaydilar. Suzishni yaxshi ko‘radi. Ularning ovchilik instinktlari rivojlangan. Uni boqish juda oson. Odatda ular, faol, erkalashdan va o‘ynashdan zavqlanadigan, shuningdek, o‘z egalariga sodiqdirlar. Ovqatlanishdan oldin ovqatning haroratini panjalari bilan nazorat qilishi esa tahsinga loyiq.
1992 yilda “Van 100 yil” universiteti tomonidan Van mushuklarining genetik, morfologik va fiziologik xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida Van mushuklari tadqiqot markazi (VKAM) tashkil etilgan. Markaz naslli mushuklardan tashqari oilalar tomonidan boqiladigan mushuklarni ham kuzatib boradi.
Suvga o‘z ixtiyori bilan kirib, undan zavqlanadigan Van mushugi shu qiziqarli xususiyati bilan o‘zini boshqa mushuklardan ajratib turadi. Mushuklar, odatda, turli muhitlarga moslashishda qiyinchilikka duch kelishadi va o‘zgarishlarni yoqtirmaydilar. Ammo Van mushugi qisqa vaqt ichida o‘zgaruvchan muhitga moslashadi.
Tana tuzilishi jihatidan u uzun bo‘yli, muskulli va kuchli hisoblanadi. Quloqlari katta va keng Van mushugi, maxalliy aholi tomonidan «Pishik» deb ham ataladi. Sichqon hasharotlarni ovlashdan tashqari, u o‘zining do‘stona xulq-atvori bilan seviladigan va g‘amxo‘rlik qilinadigan uy hayvoniga aylanib ulgurgan.
Nizomjon Islomov tayyorladi.