Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Turkiyaning MPlus kompaniyasining Bosh operasion direktori Hakan Saran bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida MPlussning O‘zbekistonda ofisini ochish va shu yerdan rus, arab va yevropa mamlakatlari mijozlariga xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.
MPlus kompaniyasi yaqin kelajakda O‘zbekistonda call-markaz agentlari uchun 60 kishidan 600 kishigacha bo‘lgan loyihani yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya bugungi kunda aloqa markazlari, axborot texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda mintaqaviy va global mijozlarni qo‘llab-quvvatlab keladi.
MPlus raqobatbardosh narxlarda samarali, yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish va zamonaviy texnologiyalar bilan xavfsiz IT infratuzilmasini ta’minlashga keskin e’tibor qaratgan holda o‘z hamkorlariga kengayish va moslashuvchanlik imkoniyatini taqdim etadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.