Turkiyada noqulay ob-havo tufayli ikki kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohatlandi

Turkiyada noqulay ob-havo tufayli ikki kishi halok bo‘ldi, yana 10 kishi jarohatlandi

Turkiyada o‘tgan dam olish kunlari mamlakatda sodir bo‘lgan bo‘ron va yog‘ingarchilik tufayli ikki kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda TRT telekanali xabar berdi.

“Sinopda shamol ta’sirida inshoot qulashi natijasida bir fuqaro vayronalar ostida halok bo‘ldi.Konya viloyatida bir guruh fuqarolar kuchli yomg‘irdan omborxonaga yashiringanida qulash sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi”, deyiladi bayonotda.

Tabiiy ofat oqibatida yana 10 kishi jabrlangan.

Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda 918 nafar xodim jalb etilgan.

Qayd etilishicha, ishonch telefoniga yomon ob-havo munosabati bilan qariyb 1500 marta murojaat qilingan, xabarlarning aksariyati Izmirdan kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!