Turkiya markaziy banki tovarlar sotib olishda va ko‘rsatilgan xizmatlarga haq to‘lashda kripto-valyutalar va kripto-aktivlardan foydalanishni taqiqladi. Markaziy bank bunga kripto-valyutalarning keltirishi mumkin bo‘lgan katta zararlarini va pul o‘tkazish jarayonidagi katta xavfni sabab qilib ko‘rsatgan.
Juma kuni Rasmiy Gazetada chop etilgan yangi qonunga ko‘ra, kripto-valyutalar va boshqa shunga o‘xshagan raqamli aktivlardan bevosita yoki bilvosita to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin emas.
So‘nggi oylarda Turkiyadagi kripto-valyutalar bozorining faoliyati jadallashdi. Investorlarturk lirasining qadrsizlanishidan himoyalanishga intilib, bitkoin sotib olish bo‘yicha xalqaro poygaga qo‘shilishdi. O‘tgan oyda liraning qadrsizlanishi 16 foizgacha ko‘tarilgandi.
Markaziy bank o‘zining bayonotida kripto-aktivlar na tartibga solish va nazorat mexanizmlariga, na markaziy tartibga solish organlariga bo‘ysunmasligini, ularning boshqa xavfi ham borligini aytgan.
«To‘lov xizmatlarini taklif qiladigan tashkilotlar o‘z faoliyatida kripto-valyutalardan umuman foydalanmaydi. Kripto-valyutalarning to‘lovlarni amalga oshirishda ishlatilishi qaytarib bo‘lmaydigan zararlarni keltirib chiqarishi mumkin» deyiladi markaziy bank bayonotida.
Shu haftada Turkiyada Rolls-Royce va Lotus avtomobillarini sotish bilan shug‘ullanadigan Royal Motors kompaniyasi kripto-valyutada to‘lovlarni qabul qilishini ma’lum qilgan va Turkiyada shu ishni amalga oshirgan birinchi kompaniyaga aylangandi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab Apple,Amazon va Expedia kabi gigant kompaniyalar ham kripto-valyutalar orqali to‘lovlarni qabul qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.