Turkiyada dunyodagi eng katta tasbeh yaratildi

Turkiyada dunyodagi eng katta tasbeh yaratildi

Turkiyaning Adana shahrida dunyodagi eng katta tasbeh tayyorlandi. Rekordni yigirma yildan ortiq vaqt davomida tasbehlar yaratib kelayotgan Nosir Fidan o‘rnatdi.

Ma’lum qilinishicha, usta har biri 27 kg og‘irlikdagi ulkan toshlardan 36 ta "toshcha" kesishga ikki yil vaqt sarflagan. Hammasi bo‘lib ulkan tasbehning vazni 1 tonnani tashkil etadi.

Hozirda u Adanadagi tasbeh bozorida bo‘lib, yaqin kelajakda Nosir o‘z “asari”ni tasbehlarning noyob nusxalarini to‘playdigan Prezident Erdo‘g‘anga sovg‘a qilmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!