Turkiya yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga kirolmasligi aytildi

Turkiya yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga kirolmasligi aytildi

Evropa Ittifoqi kengayish va yaxshi qo‘shnichilik masalalari bo‘yicha Yevropa komissari Yoxannes Xan Turkiyaning yaqin kelajakda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish ehtimoli yo‘qligini bildirdi.

Germaniyaning Die Welt nashriga intervyu bergan mulozim hozir “Turkiyaning YEIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatish” hamda imkoniyati bo‘lgan sohalarda strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratish halolroq bo‘lardi, deya ta’kidladi. Xan ayni damda yevrointegrasiya masalasida turk rasmiylari bilan aloqalar qariyb muzlatilganligini e’tirof etdi.

Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga oid muzokaralar 2005 yildan beri olib boriladi. Die Welt nashriga bergan intervyusida Yoxannes Xan o‘shandan beri mamlakat avtokratiya sari siljiyotgani, shu sababli Yevropa Ittifoqining ayrim mamlakatlari, jumladan, Fransiya va Avstriya Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishga qat’iyan qarshi chiqayotganini aytgan.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!