Turkiya va Isroil rahbarlari diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga kelishib oldi

Turkiya va Isroil rahbarlari diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga kelishib oldi

Turkiya va Isroil rahbarlari diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklashga va ikki davlat elchilarini poytaxtlarga qaytarishga kelishib oldilar.

Bu haqda Isroil bosh vazirining idorasi xabar berdi.

Turkiya va Isroil 2010-yilgi O‘rta Yer dengizidagi voqeadan so‘ng o‘z elchilarini qaytarib olgan edi.

Keyin turklar boshchiligidagi bir guruh kemalar Isroilning G‘azo sektori blokadasini buzib o‘tishga harakat qildi. Isroil harbiylari bilan to‘qnashuvda 10 nafar turk halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!