Turkiya o‘zining "Sulton Sulaymon"i — Halit Ergenchdan ayrildi

Turkiya o‘zining "Sulton Sulaymon"i — Halit Ergenchdan ayrildi

Mashhur turk aktyorlari Halit Ergench va Berguzar Korel endi Turkiyada yashashni istamaydi. Bu haqda Sajit Aslan axborot nashri yozgan.

Nashr tarqatgan xabarga ko‘ra, ularning uchinchi farzandi tug‘ilganidan ko‘p o‘tmay, oila Londonda yashashga qaror qilgan.

Qayd etish joizki, «Bobil» loyihasi nihoyasiga yetgach, Ergench o‘ziga taklif qilingan barcha loyihalardan bosh tortgan va bo‘sh vaqtini oilasiga bag‘ishlagan.

Ayni paytda juftlikning rejalari o‘zgarmasa, ular yaqin kelajakda Turkiyaga qaytmaydi.

Kino tanqidchilari allaqachon o‘z bloglarida Halitning qarori yakuniy bo‘lsa, bu Turkiya buyuk aktyorni yo‘qotganligini bildirishini ta’kidlagan.

Hozircha Ergench ko‘chish sabablari haqida rasmiy bayonot bermadi, biroq u oila Londonda yashashini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!