Turkiya o‘tgan yili tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar daromad oldi

Turkiya o‘tgan yili tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar daromad oldi

Turkiya Savdo vazirligi, Turkiyaning tibbiyot turizmi sohasida xalqaro tan olingan akkreditasiyaga ega 40 ta sog‘liqni saqlash muassasasi bilan dunyoda 7 o‘rinni egallaganini va o‘tgan yili bu sohada 2,3 milliard dollar daromadga erishganini bildirdi.

Vazirlik tomonidan e’lon qilingan bayonotda, tibbiy sayohatlar jadal sur’atlar bilan keng tarqalayotgan bir paytda, tibbiyot turizmining mamlakat iqtisodiyotidagi qo‘shimcha qiymatini oshirish, kompaniyalarni xalqaro bozorlarga ochish, ularning raqobatbardoshligi va brendini oshirishga qaratilgan faoliyatlar qo‘llab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.

Bayonotda, vazirlik ko‘magida ishga tushirilgan Turkiyaning tibbiyot turizmi sohasidagi brendi va ushbu brend bilan bog‘liq reklama strategiyasining yuzi bo‘lgan "Turkiyada shifo" ("Heal in Türkiye") internet portaliga sog‘liqni saqlash turizmi sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 175 ta muassasa kiritilganligi va bunga kirish uchun murojaatlarning kundan kunga ko‘payib borayotganligi alohida aytib o‘tilgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, tibbiyot turizmi bo‘yicha eng ko‘p turistlar Yaqin Sharq mamlakatlari, xususan, Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Afg‘onistondan tashrif buyurdilar.

Turkiyaga o‘tgan yili davolanish maqsadida tashrif buyurgan chet el fuqarolari soni 1,4 million kishini tashkil etti.

Xabarga ko‘ra, 2022 yilda tibbiyot xizmatlari eksportidan 1,9 milliard dollar daromad olingan bo‘lsa, 2023 yilda esa mamlakatga davolanish maqsadida kelgan 1,4 million kishi bilan bu raqam 2,3 milliard dollarga yetdi.

Bayonotda o‘tgan yili tarmoq vakillari tomonidan tashkil etilgan 12 ta savdo va xarid delegasiyasining qo‘llab-quvvatlangani, Berlin va Londonda o‘tkazilgan tarmoqning yetakchi 2 yarmarkasida milliy ishtirokning ta’minlangani bildirildi.

Vazirlik tomonidan tibbiyot xizmatlari eksporti sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ko‘rsatilayotgan dastaklar ham qayd etildi. Vazirlik shunday dedi:

"Dunyoning eng muhim turizm yarmarkalarida milliy ishtirok ta’minlandi va sektor vakillari ishtirok etgan 6 ta HİSER loyihasi qo‘llab-quvvatlash doirasiga kiritildi. 7 ta brend TURQUALITY doirasida va yana 7 ta brend Brendlash dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlanadi. 2023 yilda sog‘liqni saqlash xizmatlari eksporti sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarimizga ko‘rsatilgan yordam 281 foizga oshib, 733 million liraga ko‘tarildi. Vazirlik sifatida mamlakatimizning global tibbiy turizmidan oladigan ulushini va qo‘shilgan qiymatini oshirish uchun sektor manfaatdor tomonlari bilan muvofiqlashtirilgan holda ishlashni davom ettiramiz va global markaz bo‘lish maqsadimiz sari qat’iy qadamlar bilan olg‘a intilamiz."


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!