Turkiya Ukrainaning anneksiya qilingan hududlaridan ko‘mir sotib oldi - Reuters

Turkiya Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlaridan ko‘mirning eng yirik importchisiga aylandi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi Rossiya bojxona ma’lumotlariga tayanib. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, fevral-iyul oylarida
Turkiya DXR va LXR deb ataladigan ko‘mirning 95 foizini, ya’ni 160 ming tonnadan ko‘proq eksport qilgan. Ta’minot narxi 14,3 million dollarga baholanmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘mir Turkiyaga Rossiyada yoki unga qo‘shib olingan Ukraina hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar tomonidan yetkazib berilgan. Xaridorlar Gonkong, BAA va Britaniya Virjiniya orollari kabi ofshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tgan kompaniyalar edi. Bu ro‘yxatda turk kompaniyalari yo‘q.