Turkiya parlamenti zilzila tufayli ishni to‘xtatdi

Turkiya parlamenti zilzila sababli ishni bir haftaga to‘xtatdi.
Bu haqda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Mustafo Elitoshning bayonotiga asoslanib DHA xabar bermoqda.
“Parlamentda o‘tirgan partiyalar bir ovozdan parlament umumiy assambleyasi yig‘ilishlarini halokat – kuchli zilzila munosabati bilan bir haftaga to‘xtatishga qaror qildi”, — dedi u.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)