Turkiy davlatlar tashkiloti: birinchi sammit, yangi ustuvorlik va imkoniyatlar

A A A
Turkiy davlatlar tashkiloti: birinchi sammit, yangi ustuvorlik va imkoniyatlar

Yaqinda, bor-yo‘g‘i ikki oy avval Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda SHHTga a’zo, kuzatuvchi va hamkor davlatlar hukumatlari, yetakchi xalqaro va hududiy tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etdi. Sammitda global va mintaqaviy rivojlanishning eng dolzarb masalalari, barqaror rivojlanishga xavflar va tahdidlar muhokama qilindi.

Uchrashuvlar va muzokaralar natijalariga ko‘ra, SHHTga a’zo mamlakatlar umumiy muammolarni hal qilish bo‘yicha ishlashga kelishib, birgalikdagi xatti-harakatlarning aniq rejalarini belgilab oldi. Tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha eng muhim hujjatlarni qabul qildi.

Barcha manfaatdor hamkorlarning global madaniyatlararo muloqoti uchun asos yaratishga yo‘naltirilgan “Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamligi tashabbusining” ilgari surilishi sammitning asosiy natijalaridan biri bo‘ldi. Mohiyatan, o‘zida bunyodkorona “Samarqand ruhini” mujassamlashtirgan, amaliy hamkorlik va o‘zaro tushunish g‘oyalarini ifodalovchi xalqaro hamkorlikning mutlaqo yangi shaklini ilgari surish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti: birinchi sammit, yangi ustuvorlik va imkoniyatlar

Hozir Samarqand oliy darajadagi navbatdagi uchrashuv – Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Aynan shu yerda, o‘zbek zaminida ushbu birlashmaga a’zo va ishtirokchi davlatlar rahbarlari ilk bor sifat jihatidan yangi shaklda – to‘laqonli Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida to‘planadi.

Samarqand yana bir necha kunga xalqaro muloqot va hamkorlik markaziga, muhim siyosiy va iqtisodiy qarorlar qabul qilinadigan joyga aylanadi.

O‘tgan galgi Istanbul sammitidan va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TDHK) to‘laqonli Tashkilotga aylanganidan keyin bu turkiy davlatlar rahbarlarining ana shunday keng tarkibdagi birinchi uchrashuvidir. Samarqandga barcha a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari keladi.

Turkiy davlatlar tashkiloti: birinchi sammit, yangi ustuvorlik va imkoniyatlar

Turkiy davlatlar bilan hamkorlikni rivojlantirishni tashqi siyosiy kursining ustuvorligi deb belgilagan O‘zbekistonning faol tashqi siyosati bunga ko‘p jihatdan ko‘maklashdi.

2019 yil oktyabrida O‘zbekiston TDHKning to‘laqonli a’zosiga aylandi. Oradan ikki yil o‘tgach, 2021 yilda Istanbul sammitida tashkilot tarixida yangi sahifa ochildi – Kengash “Turkiy davlatlar tashkiloti” deb qayta nomlandi.

Toshkentning turkiy davlatlar oilasiga qo‘shilgan paytdan buyon o‘tgan qisqa davrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashish bo‘yicha 30 dan ziyod tashabbus va takliflar ilgari surildi.

Samarqandda bo‘ladigan sammit ham TDTning istiqbolli xalqaro tuzilma sifatidagi rolini mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Shu nuqtai nazardan, Samarqanddagi uchrashuvga ham mamlakat ichida, ham xorijda jiddiy e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Milliy va xorijiy OAVning 570 dan ortiq vakili tadbirni bevosita Samarqanddan yoritib boradi.

Shunisi muhimki, sammit tashkilotda mavjud bo‘lgan ulkan salohiyat qay tarzda amalga oshirilishiga, belgilangan strategik ustuvorliklarga erishish uchun qanday aniq mexanizmlarga tayanishiga oid savollarga javob beradi.

Boshqacha aytganda, o‘tgan yili Istanbul sammitida qabul qilingan “Turkiy nazar – 2040” konsepsiyasining amaliy o‘lchami qanday bo‘lishi oydinlashadi. Aynan ushbu konseptual hujjatda turkiy xalqlar aholisi 170 million kishini tashkil etuvchi 4,5 million kvadrat metrlik keng makonda Umumiy uyni barpo etish g‘oyasiga sodiq ekanligini tasdiqladi.

Hozirgi kunda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida erishilgan o‘zaro har tomonlama hamkorlik darajasi katta rag‘bat uyg‘otmoqda. Ammo uning real salohiyati bundan ancha yuqori. Xususan, turkiy davlatlar o‘rtasidagi umumiy savdo hajmi nisbatan kamtarona bo‘lib qolmoqda.

Iqtisodchilar hisob-kitoblariga ko‘ra, mavjud hamkorlik salohiyati amalga oshirilganda, tovar aylanmasi vaqt o‘tishi bilan yuzlab milliard dollarni tashkil etishi mumkin.

Shu munosabat bilan, Shavkat Mirziyoyev bir necha marotaba ta’kidlaganidek, faol rivojlanish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni izlab topish TDTning ustuvorligiga aylanishi kerak.

Jahon bozorida shakllanib borayotgan kon’yunktura tashkilotning iqtisodiy asosini mustahkamlashni – o‘zaro savdoni ko‘paytirish, texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish, yirik infratuzilmaviy loyihalarni, jadal rivojlanayotgan sektorlarda va istiqbolli yo‘nalishlarda investision almashinuvni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etadi.

Turkiy dunyoning iqtisodiy o‘lchami hamkorlik lokomativiga va odamlar farovonligining o‘sishi asosiga aylanishi zarur. Bugun TDT mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YAIM) 1,2 trillion dollardan ko‘p. Bu jahon YAIMning salkam 1,5 foizini yoki Osiyo YAIMining 5,5 foizini tashkil etadi.

Ushbu nuqtai nazardan Prezident Shavkat Mirziyoyevning TDT o‘rtasida savdo hamkorligi borasida tadqiqot markazini yaratish bo‘yicha taklifi dolzarb ahamiyatga ega.

Mamlakatlarimizning yetakchi sanoat korxonalari, investision kompaniyalari, bank-moliya institutlari va tadbirkorlari o‘rtasidagi kooperasion aloqalarni mustahkamlash, hududlararo o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.

Bu borada O‘zbekiston yetakchisi tomonidan taklif qilingan TDTning Taraqqiyot bankini yaratilishi muhim asos bo‘lishi mumkin.

Toshkent, o‘z navbatida, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy aloqalarni mustahkamlash borasida faol ish olib bormoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi ushbu yo‘nalish naqadar muhimligini faktlar ham tasdiqlaydi. 2016 yilda yurtimizning turkiy dunyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi 2 barobarga o‘sib, 7 milliard dollardan ortdi.

Turkiy davlatlar birdamligini mustahkamlashga qodir bo‘lgan yangi mintaqaviy yo‘laklar va logistik infratuzilmani rivojlantirish alohida e’tiborga molik.

O‘zbekiston rahbari ta’kidlaganidek, asosiy maqsadimiz – quruqlik yo‘llarimiz va dengiz portlarini dunyo bozorlari bilan bog‘lovchi yagona transport makonini shakllantirishdan iborat.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan TDTning transport sohasidagi o‘zaro bog‘liqlik dasturlari aynan shu vazifani hal qilishga qaratilgan.

Turkiy davlatlar transport sohasidagi bog‘liqlikni rivojlantirib, o‘zaro savdo hajmlarini kengaytirishga erishadi, global bozorlarga keng yo‘l ochiladi. Shu tarzda iqtisodiyotlar va insonlar integrasiyasi darajasi ko‘tariladi, tashkilotning uzoq muddatli strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishiladi.

Turkiy davlatlar o‘zaro harakatining yana bir asosiy yo‘nalishi – bu To‘rtinchi sanoat inqilobini ilgari surish bo‘yicha sa’y-xarakatlarni birlashtirishdir.

“Yashil” va “aqlli” iqtisodiyotlarni yaratish barqaror taraqqiyot va rivojlanishni ta’minlashga qodir bo‘lgan innovasiyalar, nou-xau va modellarni ishlab chiqishda imkoniyatlarni kengaytirish uchun poydevor bo‘lishi mumkin.

Axborot texnologiyalari va ilg‘or usullarni faol joriy etish qishloq xo‘jaligi kabi an’anaviy soha uchun juda muhim. O‘zbekistonda iyul oyida o‘tgan birinchi Turkiy agroforumda davlatlarimiz oziq-ovqat xavfsizligi muammolariga duch kelayotgani aytilib, ularni hal qilish imkoniyatlariga ega ekanliklari ko‘rsatildi. TDT nafaqat bir-birlariga, balki jahon bozoriga qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini katta hajmlarda yetkazib berishga qodir.

Birgalikda olg‘a intilish istiqbollarini belgilagan holda, shuningdek, xalqlarimizning ma’naviy-ahloqiy qadriyatlari, boy tarixi va madaniyati, ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch an’analariga tayanish muhim ahamiyatga ega.

Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Turkiy dunyo hamjihatligiga qo‘shgan hissasi uchun” Alisher Navoiy nomidagi mukofotning ta’sis etilishi ahamiyatli voqealardan biri bo‘ldi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish doirasida birgalikda festival, konsert, madaniyat kunlari, ijodiy jamoalar bilan almashinuv kabilarni amalga oshirish e’tiborlidir.

Shu bilan birga, ko‘rsatib o‘tilgan ustuvor maqsadlarga mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlamay turib, erishish mushkul vazifa ekanligini tan olish darkor.

Xalqaro vaziyatning murakkablashuvi, ziddiyat va qarama-qarshiliklarning chuqurlashuvi, global darajadagi ishonchning yo‘qligi xavfsizlikka yanada yangi tahdid tug‘diradi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi, epidemiologik kasalliklar, destruktiv axborot oqimlari bilan bog‘liq bo‘lgan xavflar keskinlashmoqda.

Yangi imkoniyatlar hamda yangi tahdidlar ortayotgan hozirgi zamonda turkiy davlatlarining birdamligini mustahkamlashni davr talab etmoqda. O‘zaro kuchlarni birlashtirgan holda zamonaviy tahdidlar va xatarlarga qarshi kurashish, o‘z manfaatlarini ilgari surish, umumiy muammolarni hal qilish yengilroq kechadi.

Biroq, bu dunyoni o‘zimizniki va begonalarga bo‘lish, xalqaro munosabatlarda kuchlar muvozanati an’analariga qaytish, degani emas.

Turkiy davlatlar tashkilotini rivojlantirish strategiyasi asosini inklyuzivlik va ochiqlik tamoyillariga yanada sodiqlik tashkil etadi. Turkiy dunyoning gullab-yashnashi doimo keng ko‘lamli muloqotlar, xalqlarimizning o‘z qo‘shnilari va sheriklaridan eng yaxshi fazilatlarni o‘zlashtirishga qodirligi va tayyorligi tufayli ta’minlangan. Aynan shu narsa tashkilotning muvaffaqiyatli rivoj topishi, uning jahon maydonidagi obro‘-e’tibori mustahkamlanishining garovi hisoblanadi.

Turkiy davlatlarining tarixiy tajribasi, Osiyo va Yevropa chorrahasidagi noyob joylashuvi tamaddunlar, mamlakat va xalqlarni konstruktiv hamkorlik va umumiy taraqqiyot yo‘lida birlashtiruvchi ko‘prik vazifasini bajara oladi va bajarishi kerak.

Jahonning o‘ta keng miqyosli xilma-xilligini shak-shubhasiz hurmat qilish Turkiy davlatlar tashkilotining tashrif qog‘ozidir.

Shunday yondashuvga asoslangan holda TDT o‘zining nufuzli va zarur mintaqaviy tuzilma, shuningdek, xalqaro munosabatlarning zamonaviy tizimidagi muhim element sifatidagi maqomini mustahkamlashda davom etadi.

Shubhasiz, Samarqand sammiti bu yo‘ldagi muhim bosqich bo‘ladi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning diplomatiyasi, nufuzi tufayli bugun Samarqand izchil ravishda konstruktiv hamkorlik, o‘zaro ishonch va do‘stlik timsoli sifatida muvaffaqiyatli diplomatik maydonga aylanib bormoqda. Shu sababli, yaratuvchan “Samarqand ruhi” o‘zaro taraqqiyot va rivojlanishga qaratilgan turkiy davlatlar hamkorligining yanada yuksalishida hal qiluvchi o‘rin tutadi.

Eldor ARIPOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Strategik va mintaqalararo

tadqiqotlar instituti direktori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Van Damm Putinga murojaat qildi

Унинг мурожаати видеосини украиналик журналист Диана Панченко ўзининг Телеграм-каналида жойлаштирган.

Rubl dunyoning barcha valyutalarini ortda qoldirdi

2025 йил бошидан бери россия рубли долларга нисбатан энг кучли мустаҳкамланган валютага айланди.

Isroil vaziri o‘z qizini zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Отаси ва укаларидан бири томонидан жинсий зўравонлик қилганини айтди

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tezkor axborot berdi

19–22 апрел кунлари кутилаётган ёмғирлар сабабли, республиканинг қуйидаги тоғ олди ва тоғли ҳудудларида сел-сув тошқин ҳодисалари юзага келиши мумкин:

"Real"ni vaqtincha kim boshqarishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Карло Анчелотти билан хайрлашган тақдирда вақтинчалик мураббий тайинлаши мумкин.

Kazakh Scout: O‘zbekiston U17 terma jamoasining kamida yarmi Yevropa va Osiyo jamoalariga o‘tishi kerak

Твиттер ижтимоий тармоғида "Kazakh Scout" профилини юритувчи шахс Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси футболчилари ҳақида илиқ фикрлар билдирди.

Toj Mahal bugungi kunda qurilganda u qanchaga tushardi?

Тож Маҳал - бутун дунё ҳайратига сазовор бўлган ажойиб иншоот. Ҳеч ўйлаб кўрганмисиз, шундай меъморий асарни бугунги кунда қуриш қанчага тушарди?

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Ronalduning o‘zi va oilasi xavf ostida!

Саудия Арабистони чемпионатида тўпурарлик маҳоратини намойиш қилиб келаётган “Ан-Наср” ҳужумчиси Криштиану Роналду футболдан ташқари маиший муаммоларга эътибор қаратишига тўғри келмоқда.

Alisher Nikimbayev: «Husanov tez orada O‘zbekistonga ingliz qo‘riqchilari bilan keladi»

Ҳусановнинг Ўзбекистонга сўнгги сафари футболчига фойда келтирмагандек туюлди. Аксинча, зарар етказгандек.

Vatikan Rim papasi Fransiskning vasiyatnomasini e’lon qildi

Бу ҳақда Муқаддас Тахт матбуот хизмати тарқатган 2022 йил 29 июнь куни тузилган понтифик васиятномасидан келиб чиқади.

Futbol emas, xokkey?! Bizga farqi yo‘q, baribir, chempion bo‘laveramiz!

Президент Шавкат Мирзиёев спортчиларимизнинг ютуқларини алоҳида қизиқиш ва эътибор билан кузатиб боряптилар. Қувонарлиси, апрель ойида мамлакатимизнинг спорт соҳасидаги муваффақиятлари футбол билангина чекланиб қолмади.

O‘zbekistonda to‘ylar tartibga solinadi

Ўзбекистонда президент фармони билан тасдиқланган лойиҳага асосан тўйлар тартибга солинади.

O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam oladi?

Ўзбекистонликлар май ойида неча кун дам олиши бўйича маълумот берилди.

Farzandlarga e’tiborli bo‘ling!

Санкт-Петербургда 13 ёшли бола фирибгарларга 10 млн. рубл (яъни $123 минг)дан ортиқ пулни бериб юборди.

Hindistonda to‘rt qavatli binoning qulashi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 5 kishi yaralandi

Қулаш Ню-Деҳлида кучли шамол ва момақалдироқ билан бирга кучли ёмғир ёғишидан бир неча соат ўтгач содир бўлган.

Putin birinchi marta Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

2022 йил февралида Россиянинг Украинага тўлиқ миқёсли босқини илк кунларидан буён томонлар ўртасида тўғридан тўғри музокаралар бўлмаган.

AQSh Qrimni Rossiya deb tan olishni taklif qiladi – WP

Бу ҳақда The Washington Post бир неча манбаларга таяниб хабар бермоқда.

AQSh Londondagi muzokaralarda Ukraina va Yevropaga Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi — The Washington Post

Газетанинг бир нечта манбаларига таяниб ёзишича, 23 апрел куни Лондонда бўлиб ўтадиган музокараларда Украина ва Европа делегациялари Қўшма Штатларнинг Қримни Россияга тегишли деб тан олиш ва фронт чизиғини ҳозирги ҳолатида музлатиб қўйиш таклифи билан юзлашади.

Ispaniyada Rim papasi munosabati bilan uch kunlik motam e’lon qilindi

Бу ҳақда AFP Испания адлия вазири Феликс Боланос 21 апрель куни телемурожаатида хабар бермоқда.

Ukraina Ukraina Qurolli Kuchlaridagi halokatli yo‘qotishlar tufayli safarbarlikni oshirishni ko‘rib chiqmoqda

Украинада Республика Қуролли Кучлари ( АФУ ) сафларида жиддий йўқотишлар ва дезертирлик туфайли сафарбарликни ошириш керак .

Papaning ruhiy vasiyatnomasi nashr etildi

Бу ҳақда Vatican News нашри хабар бермоқда .

Orlando aeroportida samolyot yonib ketdi

Бу ҳақда АҚШ фуқаро авиацияси маъмурияти (ФАА) маълумотларига таяниб, Fox35 минтақавий телеканали хабар берди.

HAMAS AQSHGA Turkiya yordami bilan Isroil bilan kelishuv taklifini taqdim qilmoqchi

Бу ҳақда “Asharq al-Awsat” газетаси ҳаракатдаги манбаларга таяниб хабар берди.

G‘azo sektorida 2 million falastinlik insonparvarlik yordamiga to‘liq qaram

Бу ҳақда Фаластин ҳукумати алоқа маркази хабарида айтилади.

Pavel Durov Telegram rahbariyati shaxsiy xabarlarni umuman oshkor etmaganini rasman ma’lum qildi

Мессенжер асосчисининг ўз каналида ёзишича, Telegram фақат жиноят содир этганликда гумон қилинаётган шахсларга оид IP-манзиллар ва телефон рақамларини ошкор қилган, бироқ шахсий ёзишмаларни эмас. Шаҳсий ёзишмалар ҳеч кимга ва ҳеч қачон ошкор этилмаган.

Trampning aytishicha, ko‘plab davlatlar rahbarlari undan tariflarni tushirishni so‘ramoqda

АҚШ президенти Доналд Трампнинг айтишича, кўплаб дунё етакчилари ва ишбилармонлари Вашингтондан божхона тўловларини камайтиришни сўрамоқда.

COVID-19 bilan og‘riganlarning barchasida immun tizimi buzilgan — olimlar

COVID-19 билан оғриганларнинг барчасида иммун тизими бузилган, АҚШ олимлари шундай хулосага келишди.

Xitoy yangi vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi

Хитой ноядровий водород бомбасини синовдан муваффақиятли ўтказди. Бу ҳақда South China Morning Post ўтган ойда эълон қилинган тадқиқотга асосланиб хабар берди.

Zelenskiyning ofisi London muzokaralarida ishtirok etishini tasdiqladi

Бу ҳақда Украина президенти девони раҳбари маслаҳатчиси Сергей Лешченко маълум қилди.

Astraxandagi xususiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda besh nafar bola halok bo‘ldi

Бу ҳақда Телеграмда Россия Тергов қўмитасининг Астрахан вилояти бўйича бошқармаси хабар берди.

G‘azo nasroniylari ma’yus Pasxaga tayyorgarlik ko‘rayotganda, Isroil 2 kunda 92 kishini halok etdi

Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги 48 соат ичида Исроилнинг Ғазога ҳужумлари оқибатида камида 92 киши ҳалок бўлганини маълум қилди. Исроил чодирларда бошпана топган кўчиб кетганларга ҳужумларини давом эттирмоқда.

Eksklyuziv: Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning AQSh ittifoqchisiga qarshi harakatlarini fosh etdi

Янги сунъий йўлдош тасвирлари илк бор Хитой ва Жанубий Корея оралиғидаги Сариқ денгизда икки мамлакат ўртасидаги муносабатларни кескинлаштирган улкан пўлат иншоотни аниқлади.

Toshkentdagi maktabda o‘quvchilar “Andijon muzqaymog‘i”dan zaharlandimi?

Маълум қилинишича, мазкур хабар асоссиз ва Миробод туманидаги 31-сонли умумтаълим мактаби ҳудудида “Андижон музқаймоғи” сотувига йўл қўйилмаган.