Rossiya Ukrainaga urush boshlanganidan beri birinchi marta ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi

Ukrainada urush boshlanganidan beri Vladimir Putin birinchi marta Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini oshkora tan oldi.
"Biz har qanday tinchlik tashabbusiga doimo ijobiy munosabatdamiz. Umid qilamizki, Kiyev rejimi vakillari ham bunga xuddi shunday munosabatda bo‘lishadi", - dedi u.
Avvalroq Kreml muzokaralar boshlanishidan oldin prezident Vladimir Zelenskiy iste’foga chiqishi kerakligini ta’kidlagan edi.
Biroq, bu bayonotdan bir necha soat o‘tgach, Rossiyadan yangi zarbalar boshlandi. Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Odessaga hujum qilib, yong‘in kelib chiqqan va turar-joy binolariga zarar yetkazgan. Avvalroq Xerson viloyatida uch kishi halok bo‘lgan, Pokrovsk shahri hududida esa bundan ham ko‘proq hujumlar qayd etilgan.
Zelenskiy, o‘z navbatida, bir kun avval tinch aholi manzillariga hujum qilishni 30 kunga taqiqlashni taklif qildi.
"Ukraina o‘z taklifida turib olishda davom etmoqda - hech bo‘lmaganda fuqarolik infratuzilmasiga hujum qilmaslik. Biz Moskvadan aniq javob kutmoqdamiz", - dedi Ukraina prezidenti o‘z murojaatida.
Ayni paytda Londonda Ukraina delegasiyasining Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh vakillari bilan uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. U yerda ular AQSh Davlat kotibi Marko Rubio tomonidan taklif etilgan tinchlik yo‘l xaritasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.