Turk kompaniyalari Rossiya uchun zarur mahsulotlarni yetkazib bermoqda

Turk kompaniyalari Rossiya uchun zarur mahsulotlarni yetkazib bermoqda

O‘tgan yil davomida turk kompaniyalari Rossiyaga mamlakat armiyasi uchun zarur bo‘lgan 18 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlar yetkazib berdi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Turkiyaning kamida 13 kompaniyasi Rossiyaga elektronika, ehtiyot qismlar va boshqa mahsulotlar eksport qilgan. Kamida uchta holatda, Amerikada ishlab chiqarilgan tovarlar ham yetkazib berilgan.

Ushbu tovarlarning xaridorlari Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishda ishtirok etganliklari uchun AQSh sanksiyalari ostida bo‘lgan o‘nta rus kompaniyasi bo‘lgan.

Ular orasida Rossiya floti uchun qurol ishlab chiqaruvchi "Taktik raketalar" korporasiyasining sho‘ba korxonasi va o‘qotar qurollar ishlab chiqaruvchi "Promtexnologiya" kompaniyasi mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!