Turk klubi Shomurodovning transferi bo‘yicha ishni davom ettirmoqda

Turk klubi Shomurodovning transferi bo‘yicha ishni davom ettirmoqda

Turkiyaning «Trabzonspor» klubi "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda. Buni jamoa bosh murabbiyi Abdulloh Ovchi tasdiqladi.

Turkiyaliklar 27 yoshli futbolchini bir yilga ijaraga olib (buning uchun jamoa 1 million yevro taklif qildi), keyingi yilda uning transferini "Roma" talab qilayotganidan kamroq summaga sotib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodovga "Bolonya" klubi ham da’vogarlik qilmoqda. Ammo "Roma" hozircha narxni pasaytirishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Konferensiyalar ligasining o‘tgan yilgi mavsumi saralash bosqichida "Trabzonspor" jamoasiga qarshi safardagi o‘yinda gol urgandi.

"Trabzonspor" joriy mavsumda Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun kurash olib bormoqda. Jamoa Daniyaning "Kopengagen" klubiga qarshi dastlabki o‘yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Javob o‘yini 23 avgust kuni Turkiyada bo‘lib o‘tadi. Turkiyaliklar mazkur bahsda 2ta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishsa, YECHL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!