Turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinadi

Prezident ishtirokidagi videoselektr yig‘ilishid turizm salohiyatini oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy qilinishi ta’kidlandi. Viloyatlar ularga biriktirilgan 11 ta oliygoh bilan hamkorlikda ishlab, turizm ob’ektlari to‘g‘risidagi kontentni boyitishi lozim bo‘ladi. Ular:

- 31 ta tuman va ulardagi 143 ta turizm mahallasining tarixi, yodgorliklari va turistik ob’ektlari kontentini yaratadi;

- ular asosida kamida 12 ta tilda turistik paketlar ishlab chiqiladi;

- turizm, iqtisodiyot, tarix, geografiya, servis, xorijiy tillar yo‘nalishlarida o‘qiyotgan talabalarning kamida 2 oylik amaliyoti shu tumanlarda tashkil etiladi;

- turizm va servis ob’ektlari ishchilarini o‘qitadi.

Natijaga qarab oliygoh o‘qituvchilari va talabalari rag‘batlantiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!