Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasini tahlil qildi.
Turizm mamlakatimiz iqtisodiyotining ertangi kuni. So‘nggi yillarda turizm milliy iqtisodiyotning "o‘sish nuqtalaridan" biriga aylandi. U turizmga aloqador boshqa tarmoqlarni rivojlantirish uchun drayver bo‘lib, yuqori multiplikativ ta’siri bilan daromadlarning ortishiga xizmat qiladi. Turizm O‘zbekiston sharoitida yangi ish o‘rinlarini tashkil etishda ham muhim omil hisoblanadi.
Turizmni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar tufayli uch yil ichida sayyohlar soni 2,5 baravar oshdi. Agar 2017 yilda ularning soni 2,7 million nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilda 6,7 million nafarga yetdi. 2020 yilda pandemiya tufayli 1,5 million, 2021 yilda esa qariyb 1,9 million xorijiy sayyoh yuritimizga keldi. Turizm xizmatlari eksporti 2020 yilda 370 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu ko‘rsatkich 15,1% oshib, 422,1 million AQSh dollariga yetdi. 2022 yilda jami 4,5 million sayyohning kelishi, buning hisobiga turizm xizmatlari eksporti sezilarli darajada ortishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda turizm sohasining jadal tiklanishida ijobiy tendensiyalar kuzatilayapti. Ayni paytda mamlakat chet el sayohatlari uchun butunlay ochiq. O‘zbekistonga sayohat qilish istagida bo‘lganlar uchun barcha cheklovlar olib tashlandi. Pandemiyadan keyin ichki turizmni tiklash va aholining mamlakat bo‘ylab sayohat qilishini tizimli ravishda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.
Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.
21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.
«Ҳудудгазтаъминот» АЖ ижтимоий тармоқларда газ ҳисоблагичларнинг батареялари билан боғлиқ муаммолар кузатилаётгани юзасидан тарқалган хабарларга муносабат билдирди.
Россия ТИВ раҳбари ўринбосарининг фикрича, иттифоқ мамлакатлари совуқ уруш даврида қўлланилган мудофаа режаларига кўп жиҳатдан ўхшаш мудофаа режаларини қабул қилган.
Россия президенти Владимир Путиннинг Орешник ва Ғарб ҳаво мудофааси ўртасидаги «технологик дуэль» таклифи янги рус ракетасининг заиф томонлари ҳақидаги саволга жавоб бўлди.
The Washington Post газетасининг ёзишича, Кремль Украина масаласида муросага келишга тайёр эмас ва музокараларни фақат куч позициясидан олиб боришга интилмоқда.