To‘q sariqdan oq rangga: Odnoklassniki mobil ilova dizaynini yangiladi

To‘q sariqdan oq rangga: Odnoklassniki mobil ilova dizaynini yangiladi

Odnoklassniki tomonidan iOSdagi mobil ilova firma to‘q sariq rangi ikkinchi darajaga olib qo‘yildi. Keyingi bosqich — Android-ilovani qayta dizaynlashtirish  hamda veb-versiya va mobil ilovalarni unifikasiya qilishdan iborat.

2018 yil davomida Odnoklassniki mahsulotlarga zamonaviy va oddiy tus berish uchun  dizayn-konseptlar ishlab chiqqan edilar. Veb-versiyada video va sovg‘alar vitrinalari yangilandi,  iOS dagi OK ning mobil versiyasi esa  joriy yilda to‘liq yangilandi. 

Ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarning diqqatini kontentga jamlash va uning qo‘llanilishini qulay qilish uchun sarlavhalardan to‘q sariq rangni olib tashlashdi  va ularda moslikni saqlab qolish uchun firma shriftini qo‘llashdi. Mobil ilovaning yangi versiyasidagi ichki ekranlarda navigasiya o‘zgardi va foydalanuvchining shaxsiy sahifasiga muqovani qo‘shishning imkoniyati joriy etildi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, iOSdagi mobil ilovadan foydalanadigan OKning ko‘plab foydalanuvchilari  — bu 25 dan 34 yoshgacha  texnik tayyorgarligi yaxshi bo‘lgan, o‘zgarishlarga xayrixoh odamlardir. Shu munosabat bilan ijtimoiy tarmoq uchun ushbu auditoriyaning tilaklariga muvofiq kelish va uni o‘z platformalarida ushlab qolish uchun dizaynda zamonaviy trendlarni tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. 

Grafika — redizayn orqali o‘tgan ijtimoiy tarmoq interfeysining yana bir elementidir. OK rivojlanishi bilan ijtimoiy tarmoqning har xil bo‘limlariga hamrohlik qiladigan barcha illyustrasiyalar uslubi bo‘yicha bir-biridan farqlana boshladi. Buning oldini olish uchun Odnoklassniki jamoasi bir necha oy davomida yagona yechimni izladi. Ijtimoiy tarmoq oldida OK ehtiyojlarini qondirish, yorqin, jozibador va barchaning diqqat-e’tiboriga sazovor bo‘lish kabi bir necha parametrlarga javob beradigan shunday bir variantni topish vazifasi turar edi. Shunday qilib  illyustrasiyalarda to‘rtta qahramon – turli rangdagi emodzi-basharalar paydo bo‘ldi. 

Ijtimoiy tarmoqda bir kunda yangilanishni o‘tkazib qo‘yishmaydi, negaki foydalanuvchilar haqida qayg‘urishadi. Alekseyning so‘zlariga ko‘ra, odamlar yangi chiroyli ashyolarni yoqtirishadi,  telefonlar, kiyim va avtomobillarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turishadi, ammo ulardan foydalanish ko‘nikmasining keskin o‘zgarishini yoqtirishmaydi.  

Ijtimoiy tarmoq dizayn jamoasida  Moskva, Sankt-Peterburg va Rigadan turib ishlovchi 10 nafarga yaqin odam bor. Ular orasida loyihalovchilar va illyustratorlar bor. Loyihalovchilar vizual ergonomika va dizayn nuqtai nazaridan foydalanuvchilar uchun ularni qulay qilgan holda servislarni doimiy ravishda  takomillashtirishadi. Illyustratorlar piktogrammalarni ham qo‘shganda barcha vizual elementlar, avtorizasiyalashtirish sahifasi uchun katta illyustrasiyalarni yaratishadi, videotranslyasiyalarda qo‘shilgan hayotiylikning uch o‘lchamli qiyofalarini chizib chiqishadi, bayramlarga animasiya qilingan roliklarni yaratishadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!