Tunda "Yangiobod" bozorida yig‘ilgan axlatdan katta yong‘in chiqdi

Tunda "Yangiobod" bozorida yig‘ilgan axlatdan katta yong‘in chiqdi

Kecha, 16 oktyabr kuni soat 22:55 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Yashnobod viloyatida joylashgan Yangiobod bozori hududida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar FVB.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv guruhlari zudlik bilan voqea joyiga yetib kelib, yong‘inni o‘chirishga kirishgan. 

Yong‘in bir necha daqiqada o‘chirildi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bozor chetida yig‘ilgan axlat yonib ketgan, deyiladi xabarda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!