Tun kulgisi!.. (43-qism)

Tun kulgisi!.. (43-qism)

Bir yigit sirk rahbariga qo‘ng‘iroq qilib dedi:

— Allo! Men bir metrli temirni yuta olaman!

— Juda yaxshi. Lekin aynan shu masalada o‘n kishi qo‘ng‘iroq qildi. Ya’ni, bir metr temirni yuta oladigan odamlar ko‘p ekan.

— Bo‘lishi mumkin. Lekin bir narsani bilib qo‘ying. Mening bo‘yim atigi to‘qson santimetr!

 

***

 

Bir odam qo‘lida karnay bilan tiqilinch avtobusga chiqa olmadi. Shunda bekatda turgan bolakay unga dedi:

— Ko‘rdingizmi, amaki? Agar shuning o‘rniga nay chalishni o‘rganganingizda avtobusdan qolib ketmasdingiz.

 

***

           

Ikki veterinar jarroh filni operasiya qilardi. Ular tanani tikib bo‘lishgach, biri dedi:

— Bu gal hoynahoy filning ichida hech narsani unutib qoldirmagandirmiz-a?.. IYE, hamshira qani?

 

***

 

Askarlikka yangi chaqirilgan askarlar otish mashg‘ulotlarini o‘tashardi. Komandir serjantga dedi:

— Sen anavi Toshmatovning shaxsiy delosini yana bir marta tekshirib ko‘r!

— Nega?

— Har gal miltiqni joyiga qo‘ygach, barmoq izlarini dastro‘molchasi bilan o‘chirib chiqayapti.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!