Assalomu alaykum! Mentug‘ilgankunlarxaqidasaytingizdajavoblarnio‘qibchiqdim. Uerda«Tug‘ilgankunnidingaaloqasiyo‘q, tug‘ilgankunbilantabriklasangizxaromishqilganbo‘lmaysizvatug‘ilgankunnig‘ayridinlargao‘xshatibnishonlashnoto‘g‘ri»debyozilganliginio‘qidim. Alloh bizni yaratganiga behisob shukrlar bo‘lsin. Bizning tug‘ilishimz - Allohning bizga bo‘lgan Mehribonligi va Rahm-shafqatliligidir, u kunni nishonlasak qanday xato qilgan bo‘lamiz? (Albatta, odob doirasida va g‘ayridinlarga o‘xshamasdan nishonlashni nazarda tutgan edim.) Tug‘ilgan kunni nishonlashning Islomdagi hukmi qanday?
Javob:
– Va alaykum assalom! Aqlni ishlatib qaralsa, inson bir yil umrining o‘tishi bayram qilishga emas, balki aza tutishga loyiq. Parda ortida bu bir yilning ichida nima borligini ko‘rganingizda edi, o‘tgan kunlaringizga aza ochgan bo‘lardingiz. Avvalda o‘tgan ota-onalarimiz shunday qilishar edi. Odamlar o‘lganda yig‘lashni, aza tutishni o‘ylashadi. Aslida, 60ga kiradigan inson 40-50ga kirsa, o‘sha insonning 40-50gi o‘lgan hisoblanadi. Eng ajablanarlisi shuki, odamlar tug‘ilgan kunini nega nishonlayotganini haqiqatini bilishmaydi. Kimlardir nishonlashayapti bizlar ham nishonlashimiz kerak deb taqlid qilishadi.
Vallohu a’lam!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati
Manba: islom.uz
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.