Transport vazirligi yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga murojaat qildi

Transport vazirligi yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga murojaat qildi

Rossiya—Gruziya chegarasidagi yagona nazorat-o‘tkazish punktida aksariyat yo‘laklar yopildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 13 martdan “Yuqori Lars” nazorat-o‘tkazish punktida infratuzilmalarni rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan yuk avtotransport vositalari harakatlanuvchi yo‘laklarning aksariyati yopilgan.

Ayni paytda nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari uchun tashkil etilgan 11 ta yo‘lakdan faqatgina 6 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘laklar orqali yuk tashuvlari revers rejimida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy tashuvchilar O‘zbekistondan Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirganda yuqoridagi jihatni e’tiborga olishi so‘ralgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!