Tramp: Marokash ham Isroilni rasman tan oldi

Tramp: Marokash ham Isroilni rasman tan oldi

Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Sudanning ortidan Marokash ham Isroilni rasman tan oldi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp "Tvitter"dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. 

Trampning yozishicha, Marokash va Isroil o‘zaro diplomatik aloqa o‘rnatish masalasida kelishib olgan. Rabot va Tel-Aviv shaharlarida har ikki davlatning aloqa ofislari ochiladi, kelgusida bu ofislar elchixonalarga aylanadi. Bundan tashqari, davlatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. 

Shunday qilib, so‘nggi to‘rt oyda to‘rtinchi arab davlati Isroilni tan oldi. 

Marokashning ushbu qadami javobsiz qolmadi: AQSh Rabotning G‘arbiy Sahroi Kabirdagi suverenitetini tan oldi. “Marokash Qo‘shma Shtatlarni 1777 yilda tan olgan. Shunday ekan, ularning G‘arbiy Sahroi Kabirdagi severenitetini tan olishimiz o‘rinli bo‘ladi”, – deya yozdi Tramp "Tvitter"da. 

Ayni paytda Marokash G‘arbiy Sahroi Kabir hududining 80 foizini nazorat qiladi. Rabot ham, 1976 yilda Sahro Arab Demokratik Respublikasini tuzgan G‘arbiy Sahroi Kabir xalq ozodlik fronti (Polisario) ham hududga da’vogarlik qiladi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!