Oq uyda qo‘shimcha stenografistlarni yollash rejalashtirilmoqda, chunki mavjud xodimlar prezident Donald Tramp lavozimga kirishganidan keyin paydo bo‘lgan yuklamaga bardosh bera olmayapti. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Stenografist — yuqori tezlikdagi nutqni maxsus mashinada yoki qog‘ozga qo‘lda yozib oluvchi mutaxassis.
Oq uyga qaytganidan keyingi birinchi haftada Tramp omma oldida jami 7 soat 44 daqiqa nutq so‘zladi va 81 235 ta so‘z aytdi. Jo Bayden to‘rt yil oldin o‘zining birinchi haftasida 24 259 ta so‘z qo‘llagandi. 2017 yilning birinchi haftasida Tramp kamera oldida 33 571 ta so‘z ishlatgandi.
Xususan, Tramp inaugurasiya kunida 22 000 dan ortiq, keyin Shimoliy Karolina va Kaliforniyadagi ofat joylariga tashrif buyurganida yana 17 000 ta so‘z qo‘lladi. Bu hatto eng fidoyi stenografistning ham qulog‘i va barmoqlarini taranglashtirish uchun yetarli, ayniqsa, Jo Baydenning to‘rt yillik nisbatan sokin kechgan davridan so‘ng, deb ta’kidlaydi Associated Press.
Qayd etilishicha, aksariyat prezidentlar o‘z muddatlarini ko‘plab ommaviy nutqlar bilan boshlashga intilsalar-da, Tramp o‘zining chiqishlarga bo‘lgan ishtiyoqi bilan «butunlay boshqa darajada harakat qilmoqda».
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Жорий йилнинг 4 февралида Статистика агентлиги «2024 йил декабр ойида ўтган йилнинг май ойига нисбатан ҳисобланган истеъмол нархлари индексидан келиб чиқиб, 2025 йил учун ҳисобланган минимал истеъмол харажатлари (МИХ) қиймати бир ойда киши бошига 669 минг сўмни ташкил этгани»ни маълум қилди.
Музокаралар томони ҳатто имзоланган келишувларни ҳам бажармаётган вазиятда Москва қандай ҳаракат қилиши керак?" деган саволга жавоб берар экан, Песков шундай деди...
Франция ва Британия аллақачон Украинага юборилиши мумкин бўлган 25 минг кишилик ҳарбий контингентни тўплаганини Олий Рада депутати Алексей Гончаренко маълум қилди.
Ушбу экспертиза хулосасида қайд этилишича, фуқаро Г.Х. ақлий заифлик енгил даражаси билан хасталанган ҳамда ҳуқуқбузарликни содир этган вақтда ўз ҳаракатларига жавоб бера олмаган.
Россиянинг Порт-Судан яқинида ҳарбий-денгиз базасини ташкил этиш режаси собиқ президент Умар ал-Башир давридан, 2019 йилдан бери ишлаб чиқилаётган бўлиб, дастлабки келишув 2020 йил ноябрда имзоланган.