Tramp ikkinchi muddatga saylanadimi?

Tramp ikkinchi muddatga saylanadimi?

SSRS Mustaqil tadqiqot xizmati amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning 2020 yilgi saylovlarda g‘olib chiqishi chiqmasligi yuzasidan  so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

Unga ko‘ra, ishtirokchilarning 54 foizi Trampning g‘alabasini bashorat qilgan bo‘lsa, 41 foiz kishi esa qarshi ovoz bergan. 5 foiz qatnashchi mazkur masala yuzasidan izoh bera olmasligini ma’lum qilgan. 

Qatnashchilarning 34 foizi demokratlar partiyasini, 27 foizi respublikachilarni qo‘llagan, 39 foizi esa ikkalasini ham qo‘llamagan. 

2020 yilgi prezidentlik saylovlari kampaniyasi kelasi yil fevraldan boshlanadi. Saylovlar 2020 yil 3 noyabrga belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!