Trabzondagi voqea aybdorlari jiddiy jazolanishi kerak – Infantino

Trabzondagi voqea aybdorlari jiddiy jazolanishi kerak – Infantino

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Turkiya Superligasining “Fenerbaxche” – “Trabzonspor” uchrashuvida futbolchi va muxlislar o‘rtasida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv holati bo‘yicha munosabat bildirdi.

“Trabzonspor” va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi chempionat o‘yinidan so‘ng, turk muxlislari guvoh bo‘lgan zo‘ravonliklarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maydonda ham, uning tashqarisida ham, sportda va jamiyatda bunga mutlaqo o‘rin yo‘q. Men buni avval ham aytganman va yana aytaman – futbolda har bir futbolchi butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarga quvonch keltiradigan o‘yinni o‘ynash uchun xavfsiz bo‘lishi kerak. Tegishli organlarni barcha darajadagi ushbu qoidaga rioya etilishini ta’minlashga va Trabzondagi dahshatli voqea aybdorlarini qilmishlari uchun javobgarlikka tortishga chaqiraman”, deydi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur holat bo‘yicha tergov boshlangani xabar qilingandi.

Hozirda maydonga yugurib chiqqan muxlislarning shaxsi aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!