Tovuq go‘shti sotib olgan amerikaliklarga kompensasiya to‘lanadi

Tovuq go‘shti sotib olgan amerikaliklarga kompensasiya to‘lanadi

2009 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha AQShning 24 shtati va Kolumbiya okrugida tovuq sotib olgan barcha amerikaliklarga ishlab chiqaruvchilar tomonidan kompensasiya to‘lanishi mumkin. Bu haqda "NBC Chikago" xabar bermoqda.

«Davlat prokurorining ta’kidlashicha, yirik parranda ishlab chiqaruvchilar o‘zaro til biriktirib tovuqning narxini sun’iy ravishda oshirib yuborgan. Bu ko‘pchilik shtatlarning qonunchiligida taqiqlangan», deyiladi manbada.

Kompensasiya halol va yana ayrim turdagilardan tashqari barcha tovuq go‘shtlariga tegishli. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilari hammasi bo‘lib 181 million dollargacha iste’molchilarga kompensasiya to‘lashlari mumkin. Bu borada sudning yakuniy qarori joriy yilning 20 dekabr kuni chiqishi kutilmoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!