Tovondagi suyak o‘simtasi qanday paydo bo‘ladi?

A A A
Tovondagi suyak o‘simtasi qanday paydo bo‘ladi?

Ko‘pincha bu xastalik alomati to‘satdan boshlanadi. Kechqurun uyquga yotasiz-u, tunda tovoningizda simillagan og‘riq seziladi. Ertalab uyg‘ongach, vaziyat yanada jiddiylashgani ayon bo‘ladi. Kuchli og‘riqdan hatto oyoq bosishga qiynalasiz. Tovoningiz ichida nimadir qadalib, oromingiz yo‘qoladi. Kunduzi dard belgilari susayib, oqshom mahali yana bezovtalik kuchayadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha shunday muammoga duch kelgan 1 million nafardan ziyod kishiga tovon shporasi, ya’ni plantar fassiit tashxisi qo‘yiladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Murod Irismetov bilan ushbu xastalik sabablari, diagnostika va davolash usullari haqida suhbatlashdik.

— Plantar fassiit — tovon yumshoq to‘qimasining yallig‘lanishi oqibatida hosil bo‘ladigan suyak o‘simtasidir, — deydi mutaxassis. — Kasallik sabablari turlicha. Masalan, sakrash, kuchli zarba, kun bo‘yi tik oyoqda yurish, yugurish va semizlik oqibatida tovon zo‘riqib, ichki jarohatlar yuzaga kelishi mumkin.

Yassioyoqlik ham xastalikning keng tarqalgan omili. Bunday vaziyatda gavda vazni oyoqlarga noto‘g‘ri taqsimlanishi tufayli tovonlar ortiqcha zo‘riqishdan yallig‘lanadi. Natijada ana shu jarohatlar o‘rnida suyak o‘simtalari shakllanib, harakatlanganda yumshoq to‘qimalarga qadaladi va bemor og‘riqdan aziyat chekadi.

Shuningdek, revmatoid va artrit kabi bo‘g‘im xastaliklaridan so‘ng tovon shporasi shakllanishi tibbiy amaliyotda kuzatilgan. Qattiq, baland yoki aksincha yupqa poshnali poyabzallar ham xastalik rivojlanishiga sabab bo‘lishi ehtimoli yuqori. Bundan tashqari, podagra kasalligi oqibatida organizmdagi tuzlarning tovonga haddan ziyod ko‘p cho‘kishi ba’zi hollarda bo‘g‘imlar va suyaklarga salbiy ta’sir o‘tkazadi.

Xastalik jarayonida og‘riqlar asta-sekin va tashqi jarohatlarsiz boshlanadi. Yurganda alomatlar yo‘qolib, hordiq olganda yana paydo bo‘ladi. Undan ko‘proq qirq yoshdan oshgan bemorlar aziyat chekishi aniqlangan.

Tovon shporasi tashxisi palpasiya usulida hamda rentgenografiya yordamida qo‘yilishi mumkin. Tegishli muolajalar buyurishda kasallik bosqichi va bemor holati hisobga olinadi.

Ular orasida yallig‘lanish va og‘riqlarga qarshi dori-darmon muolajasi, shishlarni bartaraf etish hamda xastalik o‘chog‘idagi qon tomirlari faoliyatini yaxshilashga qaratilgan magnit-rezonans terapiya keng ommalashgan.

Shuningdek, lazer, fonoforez, rentgen, zarbli-to‘lqinli muolaja usullari ham kasallikni davolashda katta samara beradi.

Agar yuqoridagi davolash choralari kutilgan natijani bermasa, xastalik jarrohlik yo‘li bilan bartaraf etiladi. Hozir buning uchun markazimizda kaminvaziv usuldagi yuqori texnologik operasiyalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu, bemorlarning tez va oson oyoqqa turishiga xizmat qilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

Eronning «ishtihasi» ortib bormoqda

Эрон ўзининг тинчлик келишуви лойиҳасини эълон қилди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Husanov o‘zidan tezkor futbolchi nomini aytdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов март ойида «Манчестер Сити»да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди ва мукофот топширилгандан сўнг клуб матбуот хизматига қисқа интервью берди.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

AQSh Eronga hujum qarori uchun tovon to‘lamoqda

АҚШ армиясининг истеъфодаги подполковниги Дэниел Дэвис фикрича, Вашингтон Эронга қарши ҳужум оқибатларини энди ҳис қилмоқда.

Xonandalar uchun soliq tizimi: jamoatchilik muhokamasi yakunlandi

Муҳокама жараёнида лойиҳа юзасидан 130 та таклиф ва мулоҳаза келиб тушди.

Britaniya urush holatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Буюк Британия пойтахти Лондонда мамлакатни ҳарбий ҳолат режимига ўтказиш бўйича янги режа ишлаб чиқилмоқда.

Eron tarixiy yodgorliklariga yetkazilgan zarar miqdorini e’lon qildi

АҚШ ва Исроил Эрон билан содир бўлган можаро давомида ислом республикасининг тарихий ёдгорликларига 57,7 миллион доллар миқдорида зарар етказди.

AQSh kemalari Eron roziligisiz Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi

Axios журналисти Барак Равиднинг хабар беришича, бир нечта АҚШ ҳарбий кемалари Ҳормуз бўғозидан ўтган.

Farg‘onada fuqarolar nomiga 1 mlrd so‘mdan ortiq onlayn kredit rasmiylashtirgan firibgar qo‘lga olindi

ИИБга мурожаат қилганлардан яна бири номаълум шахс томонидан номига 105 миллион 780 минг сўмлик ипотека кредити расмийлаштириб олинганини билдирган.

Livandagi havo hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2000 nafardan oshdi

Бу ҳақда Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилди.

Oq uy Eron va AQSh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi

Бу ҳақда АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс матбуот анжуманида айтиб ўтди.

Uganda Isroilni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi

Уганда армияси раҳбари Мухоози Кайнеругаба Исроилни қўллаб-қувватлаш учун 100 минггача аскар юборишга тайёрлигини маълум қилди.

Isroilning Livanga havo hujumida 13 xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Reutersга таяниб Ливан президенти Жозеф Аун маълум қилди.

Tramp: AQSh Eron bilan kelishuv buzilsa, eng ilg‘or qurollardan foydalanishga tayyor

Бу ҳақда у New York Postга берган интервьюсида айтган.

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Ливанда Исроил ҳужумлари сабаб 1500 нафардан ошиқ киши ҳалок бўлди.

Tramp Eron siyosati bo‘yicha kelishmovchiliklar fonida razvedka rahbari Tulsi Gabbardni ishdan bo‘shatmoqchi bo‘lgan

Трамп Габбарднинг Конгрессдаги чиқишидан норози бўлган, чунки у ҳарбий сиёсатни тўлиқ қўллаб-қувватламаган деб ҳисобланган.

Rossiyada mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari 19 yilga qamaldi

Россияда мудофаа вазири собиқ ўринбосари Павел Попов 19 йилга озодликдан маҳрум қилинди.

23 ta dorixonaning lisenziyasi bekor qilindi

2026 йил I-чорагида Фармацевтика фаолиятини лицензиялаш ва фарминспекция бошқармаси томонидан талабларни қўпол равишда бузган 23 та дорихонанинг лицензияси бекор қилинди.

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati”ga 48 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensasiya belgilandi

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик назорат инспекцияси (Экополиция) томонидан Тошкент вилояти ҳудудида навбатдаги экологик назорат рейд тадбирлари ўтказилди.

ChatGPT va OpenAIni Florida universitetidagi otishma uchun qurbon bo‘lganlar oilasi sudga bermoqchi

Бу ҳақда The Times ва бошқа халқаро нашрлар хабар қилмоқда.

Netanyahu Livan bilan darhol muzokara boshlashni buyurdi

Бу ҳақда The Times of Israel хабар берди.

Harbiy jinoyat: 250 nafar odam qirib tashlandi

АҚШ ва Эрон ўртасида 45 кунлик ўт очишни тўхтатиш бўйича келишувга эришилганидан кўп ўтмай, Ливан ҳудудидаги вазият яна кескинлашди.

«Minglab jasadlar»: Eronda urush qurbonlari soni e’lon qilindi

Эрон суд-тиббий экспертизаси ташкилоти раҳбари Аббос Масжиди Аранининг сўзларига кўра, мамлакат АҚШ-Исроил ҳарбий ҳужуми бошланганидан бери 3000 дан ортиқ одам ҳалок бўлган.

Isroil armiyasi Bayrut aholisini uylarini tark etishga chaqirdi

Янги зарбалар кутилмоқда.

Livan Bosh vaziri Pokistondan Isroil hujumlarini to‘xtatishda yordam so‘radi

Наваф Салам покистонлик ҳамкасби Шаҳбоз Шарифга мурожаат қилиб, Ливанни ҳам Эрон билан боғлиқ ўт очишни тўхтатиш келишувига киритишни сўради.

Afg‘on qozonlari ichiga yashirilgan «xufiyona sir» oshkor bo‘ldi

Қозонлар ичига яширилган наркотик моддалар фош қилинди.

AQSH–Eron kelishuvi Livan masalasida to‘siqqa uchradi

АҚШ ва Эрон ўртасидаги ўт очишни тўхтатиш келишуви Ливандаги вазият туфайли издан чиқиши мумкин.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.