Toshloqda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Toshloqda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.N. (muqaddam sudlangan) jami 3 400 AQSh dollarini fuqaro M.E.ga 38,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan B.E. (muqaddam sudlangan) jami 3 000 AQSh dollarini fuqaro U.SH.ga 34 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!