Toshkentning ayrim hududlarida gaz vaqtinchalik bo‘lmaydi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz vaqtinchalik bo‘lmaydi

Ta’mirlash ishlari tufayli 31 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ertaga Uchtepa tumani O‘rikzor mavzesida joylashgan yuqori bosim № 14-10/69-Yu GTP ning baypas qismidagi texnik nosoz gaz zulfini almashtirish ishlari hamda Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasi va Bo‘rijar kanalida joylashgan “JZUN TASHKENT CONSTRUCTION” MCHJ hududidagi yer osti D-159 mm o‘rta bosimli gaz quvurini harakatdagi gaz quvuriga ulash ishlari amalga oshiriladi.

Bu ishlarni bajarishda 31 may kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Aholi iste’molchilari:

O‘rikzor, Ko‘ksaroy, Zarafshon MFYlarda 4000 ta xonadon;

Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasidagi 3 ta ko‘p qavatli uylar, 230 ta xonadon.

Ulgurji iste’molchilari:

Uchtepa tumani O‘rikzor mavzesidagi 60 ta ulgurji iste’molchilari;

Yakkasaroy tumani Bahodir ko‘chasidagi 3 ta ulgurji iste’molchilari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!