Yo‘l haqini kontaktsiz tarzda to‘lash tartibi Toshkent metropoliteni va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamkorligi orqali joriy etildi. Unga ko‘ra endi yo‘lovchilar HUMO plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirib metrodan foydalanishlari mumkin. Bu haqda HUMO to‘lov tizimi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tizim quyidagi bekatlarda ishga tushirildi:
Buyuk Ipak yo‘li
Amir Temur hiyoboni
Mustaqillik maydoni
Paxtakor
Bunyodkor
Mirzo Ulug‘bek
Chilonzor
Beruniy
Minor
Abdulla Qodiriy
8 daqiqagacha vaqt tejaladi
Yo‘l haqini HUMO bank kartasi orqali to‘lagan holda yo‘l jetonlarini xarid qilish, zarur summani qidirish va qaytimni kutish uchun vaqt sarflanmaydi. Yangi texnologiya tig‘iz paytlarda eng talabgor bekatlarda yanada samaralidir. Bunday sharoitlarda yo‘lovchi kassada jeton xarid qilish o‘rniga yo‘l haqini turniket orqali kontaktsiz tarzda to‘lashni tanlagan holda kuniga 8 daqiqagacha vaqt tejaydi.
Kontaktsiz to‘lovlardan foydalangan holda metroda bir marta yurish qiymati jeton qiymatiga teng. Yo‘l haqini turniket orqali to‘lash metropoliten xizmatlaridan kam foydalanadigan yo‘lovchilar uchun ham qulay.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.