Toshkentlik qizning badaniga chizilgan "tatuirovka" sabab to‘y buzildi

Toshkentlik qizning badaniga chizilgan "tatuirovka" sabab to‘y buzildi

Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi qiz hayotida sodir bo‘lgan voqea haqida so‘zlab berdi. Qizning aytishicha, badanga chizilgan "tatuirovka" sabab uning to‘yi buzilgan.

"Belimga yoshligimda ahmoqlik qilib tatu chizdirdim. Men sevgan yigitim bilan 3 yil uchrashdik. U badanimga "tatuirovka" chizdirganimni bilar edi. Biz salonda kelin ko‘ylak buyurtma qilgani borib uni kiyib ko‘rayotganimda yigitning xolasi kelib qoldi va badanimdagi tatuni ko‘rdi. U mening ota onam bilan katta janjal ko‘tardi. To‘y buzildi. Sevgan yigitim oilasiga qarshi chiqa olmadi. O‘zbek oilasi uchun "tatuirovka" - sharmandalik. Hozir men uni yo‘qotish haqida o‘ylayapman, lekin badanimda chandiq qoladi", - deydi qiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!