Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Toshkentdan Rossiyaning ikki shahriga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

4 noyabrdan Red Wings aviakompaniyasi Toshkentdan Stavropol va Ufaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi.

Parvozlar muntazam ravishda 100 o‘ringa mo‘ljallangan SSJ100 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Toshkent — Stavropol va Toshkent — Ufa yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar haftada bir marta, juma kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar flyredwings.com rasmiy veb-saytida yoki aviakompaniyaning mobil ilovasi orqali sotuvga qo‘yilgan.

Red Wings — Rossiyaning eng yirik o‘nta aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, doimiy va charter reyslarda yo‘lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O‘zbekiston poytaxtidan Moskva, Yekaterinburg va Maxachqal’aga parvozlarni amalga oshirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!