Toshkentdagi to‘yda pul yomg‘irdek sochildi (video)

Toshkentdagi to‘yda pul yomg‘irdek sochildi (video)

Toshkentdagi to‘yda pul yomg‘irdek sochildi. To‘y videolavhasi tarmoqlarda tarqaldi.

Bu haqda "everyday.uz" yozmoqda.

Videoda kuyovning do‘stlari kelin-kuyov ustiga pul sochayotganini ko‘rish mumkin. Videodagi lavhalardan bilish mumkinki, to‘y restoranda emas, balki kuyovning uyida bo‘lgan.

Hozircha to‘yning qachon bo‘lgani ma’lum emas. Lekin videodan to‘y yaqin orada bo‘lib o‘tganini bilish mumkin. Eslatib o‘tamiz, karantin choralari sabab O‘zbekistonda to‘ylarni uyda 30 kishilik mehmonlar bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!