Toshkentdagi mashhur avtoservis yonib ketdi

Toshkentdagi mashhur avtoservis yonib ketdi

Toshkentda 29 sentyabrga o‘tar kechasi mashhur avtoservis va tyuning markazi yonib ketdi.

Shahar FVB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bugun soat 02:25 atrofida Sergeli tumani "Oltin vodiy" MFYda joylashgan avtoservisda yong‘in bo‘layotganligi bo‘yicha FVBga xabar kelib tushgan.

Unga ko‘ra, 4 ta yong‘in qutqaruv texnikasi soat 02:35 da voqea joyiga yetib borgan. Soat 03:30 atrofida yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasining tom va ichki qismi qariyb 200 kvadrat metri yonib ketgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida MCHJning qariyb 400 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!